Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Ana xalos! Jamoa 11 nafar futbolchi va murabbiyning javobini berdi

Ana xalos! Jamoa 11 nafar futbolchi va murabbiyning javobini berdi

Baho:
+ | -

Ukrainaning futbol bo‘yicha ikkinchi divizioni ishtirokchisi “Polesye” klubi jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmagani uchun murabbiy va 11 nafar futbolchiga javob berdi.

“...“Polosye” jamoasi mavsum yakuniga ko‘ra, chempionatda 8-o‘rinni egalladi. Biz klub oldiga mavsumni 6-o‘rin bilan yakunlashni vazifa qilib topshirgan edik.

Biroq ular aytilgan ishni bajarishmadi va bizni sharmanda bo‘lishimizga majbur etishdi.

Afsuski, na murabbiy, na futbolchilardan yomon natija haqida sado chiqmadi. Shu sababga ko‘ra, 11 futbolchining uchtasi jamoaning 19 yoshlilar tarkibiga yuboriladi.

Qolganlari esa jamoadan chetlatiladi, shu o‘rinda murabbiy Eduard Lavrov “Polosye” jamoasini uchinchi mavsumda boshqarmaydi.

Tajribasiz murabbiy xizmatlaridan foydalanishni bas qilamiz”, deya yozadi Jitomir rayonining gubernatori Igor Gundich.

Shuningdek, gubernator Gundich jamoa kelasi mavsumda o‘z tarkibiga umuman yangi futbolchi va tajribaliroq murabbiyni jalb etishi haqida ham ta’kidlab o‘tgan.

Balki O‘zbekiston jamoalarida ham mana shunday qarorlarni qabul qilish vaqti kelgandir...

Yoki qachongacha muxlislar to‘pni to‘g‘ri tepa olmaydigan futbolchilar o‘yinini tomosha qilib yuraveradi.

Balki o‘ziga futbolni kasb qilib olgan tajribasiz murabbiylar o‘zbek futbolida kelishilgan o‘yinlar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgandir.

Biz voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 19:15, 23.11.2017.
O'qildi: 14464 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.