“Milan” klubi bosh murabbiyi Vinchenso Montella “Austriya”ga (5:1) qarshi kechgan Yevropa ligasining 5-tur uchrashuvidan so‘n o‘z fiklarini bildirdi.
“Guruhdan birinchi o‘rindan chiqish bizning kichik maqsadimiz edi va biz buni uddaladik. Endi A Seriyadagi vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.
“Milan“ hozir to‘g‘ri yo‘lga tushib olishga urinmoqda. Afsuski, biz faqat “Yuventus“ va “Napoli“ kabi kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelganimizda tajriba orttirdik.
Jamoa bugun gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani meni xursand qildi. Bu jamoaning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchining dalolatidir“, — deydi Montella.