Braziliyalik mashhur futbolchi Kaka faoliyatini tugatmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Corriere dello Sport” ma’lum qilmoqda.
Manbaning aytishicha, Kaka Xitoyga yo‘l oladi va ”Guychjou Chjichen” bilan shartnoma imzolaydi. Oldinroq Kaka MLSning “Orlando”si bilan shartnomani uzaytirmasligini va faoliyatini tugatishini ma’lum qilgandi.