Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“PSJ” Barkolani “Barselona” futbolchisi bilan almashtirishi mumkin

“PSJ” Barkolani “Barselona” futbolchisi bilan almashtirishi mumkin

Baho:
+ | -

“Pari Sen-Jermen” klubi “Barselona” hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Shu yozda parijliklar Bredli Barkola bilan xayrlashishlari mumkin, chunki mish-mishlarga ko‘ra, u jamoadagi o‘z rolidan norozi va klubdan ketish haqida o‘ylamoqda.

Taniqli insayder Janluka di Marsioning xabar berishicha, agar fransiyalik futbolchi jamoani tark etsa, “PSJ” kataloniyaliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga yetadigan Torresni sotib olishga harakat qilishi mumkin.

Transfermarkt portali tomonidan 50 million yevroga baholanayotgan 26 yoshli ispaniyalik futbolchi ham hujum markazida, ham qanotlarda o‘ynash xususiyatiga ega. Yakunlangan mavsumda u “Barselona” safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 06:44, 13.06.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик