Ispaniyalik yarim himoyachi David Silva “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Yangi shartnoma 2020 yilga qadar imzolangan bo‘lib, agar Silva shartnoma muddatini oxiriga qadar “Manchester Siti”da qoladigan bo‘lsa, u yana 10 mavsum “shaharliklar” futbolchisi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
Silvaning eski shartnomasi 2018/2019 yil mavsumiga qadar imzolangandi.
Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum “Siti” safila 14 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 8 ta foydali uzatmani amalga oshirgan.