Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Vladimir Putin bugun futbol yulduzlari bilan uchrashadi

Vladimir Putin bugun futbol yulduzlari bilan uchrashadi

Baho:
+-1 | -

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 1 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati musobaqasiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Gosudarstvenniy Kremlyovskiy dvores” zalida bo‘lib o‘tadigan marosimga 1300 nafardan ortiq faxriy mehmonlar taklifnoma olishgan.

Mehmonlar orasida JCHda ishtirok etadigan 32 jamoaning 30 nafar murabbiylariga alohida joy ajratilgan.

Qur’a tashlash marosimi yakuniga ko‘ra, jamoalar guruhlaridagi raqiblarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Marosim boshlanmasdan oldin Vladimir Putin Moskvaga kelgan jahon futboli namoyandalari bilan uchrashadi.

Ular ichida Nikita Simonyan, Diyego Maradona, Kafu, Fabio Kannavaro kabi sobiq futbol yulduzlari ham bo‘ladi”, – deyiladi Kreml xabarida.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun, 1 dekabr kuni Moskvadagi “Gosudarstvenniy Kremlyovskiy dvores” zalida o‘tkaziladi.

Marosim jarayonini Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda futbol eksperti hisoblanmish Gari Lineker va boshlovchi Mariya Komandnayalar birgalikda olib borishadi. Taniqli aktyor Ivan Urgant marosimda boshlovchi vazifasini bajaradi.

JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Quyida JCH–2018da ishtirok etadigan jamoalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal, Tunis, Marokash, Shveysariya, Xorvatiya, Shvesiya, Daniya, Avstraliya, Peru.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimini “Sport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirgan.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 14:06, 01.12.2017.
O'qildi: 5636 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.