O‘tgan sonlarimizning birida «Yangi asr hosili» nomli maqolada Yevropa yetakchi chempionatlari vakillarining XXI asrda qancha sovringa ega bo‘lganliklari haqida ma’lumot berilgandi.
«Lokomotiv» ikkinchi marta oliy liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Shu bahona Osiyoning yetakchi birinchiliklariga ayni rakursdan nazar tashlashga qaror qildik.
O‘zbekiston. Oliy ligamizda Toshkent jamoalaridan tashqari Farg‘ona va Qashqadaryo klublari ham bor. «Nasaf»ning Qarshida «Paxtakor»ni yenggani keyingi mavsum «ajdarlar»ning chempionlik uchun kurashishlariga umid bag‘ishladi, go‘yo. Chunki o‘tgan yili superkubok aynan «Na-saf»ga nasib etgandi. Kubok masalasiga kelsak, bu sovrin Toshkent jamoalaridan ortmayapti.
Oliy liga g‘oliblari:
Paxtakor - 9ta: 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015
Bunyodkor - 5ta: 2008, 2009, 2010, 2011, 2013
Lokomotiv - 2ta: 2016, 2017
Neftchi - 1ta: 2001
O‘zbekiston kubogi g‘oliblari:
Paxtakor - 10ta: 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2011
Bunyodkor - 5ta: 2010, 2012, 2013, 2014, 2015
Lokomotiv - 1ta: 2016
O‘zbekiston superkubogi g‘oliblari:
Bunyodkor - 1ta: 2014; Lokomotiv - 1ta: 2015; Nasaf - 1ta: 2016
Saudiya Arabistoni. So‘nggi paytlarda bu mamlakat futboli haqida bir aniq, bir noaniq xabarlar tarqalyapti. Terma jamoa bosh murabbiyi Edgardo Bausa asosan «Al-Hilol» va «Al-Ahli» klubi vakillariga tayanmoqda.
3«Al-Ittihod» futbolchilari esa hatto termadan chaqiruv olmay qo‘ygan. Jiddaning ikkinchi jamoasi, bu yil 80 yilligini nishonlayotgan «Al-Ahli» esa joriy mavsumda ham chempionlik uchun astoydil kurash olib boryapti.
S.Arabistoni professional ligasi g‘oliblari:
«Al-Hilol» (6): 2001|2002, 2004|2005, 2007|2008, 2009|2010, 2010|2011, 2016|2017
«Al-Ittihod» (4): 2000|2001, 2002|2003, 2006|2007, 2008|2009
«Al-SHabab» (3): 2003|2004, 2005|2006, 2011|2012
«Al-Nasr» (2): 2013|2014, 2014|2015
«Al-Ahli» (1): 2015|2016
«Al-Fotih» (1): 2012|2013
S.Arabistoni Qirol kubogi sohiblari:
«Al-SHabab» (3): 2008, 2009, 2014; «Al-Ahli» (3): 2011, 2013, 2016; «Al-Ittihod» (2): 2010, 2013; «Al-Hilol» (2): 2015, 2017
S.Arabistoni superkubogi sohiblari:
«Al-Fotih» (1): 2013; «Al-SHabab» (1): 2014; «Al-Hilol» (1): 2015; «Al-Ahli» (1): 2016
S.Arabistoni valiahd shahzoda kubogi sohiblari:
«Al-Hilol» (10): 2003, 2005, 2006, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2016
«Al-Ittihod» (3): 2001, 2004, 2017
«Al-Ahli» (3): 2002, 2007, 2015
«Al-Nasr» (2): 2014
BAA 1973 yilda professional futbol ligasiga ega bo‘ldi. Katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan chempionat klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
BAA ko‘rfaz ligasi g‘oliblari:
«Al-Ayn» (6): 2001|2002, 2002|2003, 2003|2004, 2011|2012, 2012|2013, 2014|2015
«Al-Ahli» (4): 2005|2006, 2008|2009, 2013|2014, 2015|2016
«Al-Vahda» (3): 2000|2001, 2004|2005, 2009|2010
«Al-Jazira» (2): 2010|2011, 2016|2017
«Al-Vasl» (1): 2006|2007
«Al-SHabab» (1): 2007|2008
BAA prezidenti kubogi:
«Al-Ahli» (4): 2001|2002, 2003|2004, 2007|2008, 2012|2013
«Al-Ayn» (4): 2004|2005, 2005|2006, 2008|2009, 2013|2014
«Al-Jazira» (3): 2010|2011, 2011|2012, 2015|2016
«Al-SHarja» (1): 2002|2003
«Al-Vasl» (1): 2006|2007
«Emireyts» (1): 2009|2010
«Al-SHarja» (1): 2014|2015
«Al-Vahda» (1): 2016|2017
Yaponiya. Meiji Yasuda Life brendi bilan titul nomi uchun shartnoma imzolagan Yaponiya J Ligasi o‘ziga xos chempionat hisoblanadi. Unda g‘olib chiqish uchun o‘zaro ikki davra o‘ynash yetarli emas. Chempionlik maxsus uchrashuvlar orqali hal bo‘ladi.
Yaponiya J-ligasi chempionlari:
«Kashima Antlers» (5): 2001, 2007, 2008, 2009, 2016
«Sanfrechche Xirosima» (3): 2012, 2013, 2015
«Yokogama Marinos» (2): 2003, 2004
«Gamba Osaka» (2): 2005, 2014
«Jubilo Ivata» (1): 2002
«Urava Red Daymonds» (1): 2006
«Nagoya Grampus» (1): 2010
«Kashiva Reysol» (1): 2011
Yaponiya imperator kubogi sohiblari:
«Gamba Osaka» (4): 2008, 2009, 2014, 2015; «Kashima Antlers» (3): 2007, 2010, 2016; «Urava Red Daymonds» (2): 2005, 2006; «Shimisu-S-Puls» (1): 2001; «Kioto Parpl Sanga» (1): 2002; «Jubilo Ivata» (1): 2003; «Tokio Verdi» (1): 2004; «FK Tokio» (1): 2011; «Kashiva Reysol» (1): 2012; «Yokogama F Marinos» (1): 2013.
Janubiy Koreya. 1983 yilda 5ta klub Koreya superligasi nomi bilan yangi formatdagi chempionatga asos solishdi. 1998 yilda butun Janubi-SHarqiy Osiyodagi moliyaviy inqiroz sabab chempionat formati o‘zgardi Birinchilik ishtirokchilari soni 16taga yetkazildi.
2012 yilga qadar turnir yopiq ko‘rinishda o‘tkazildi. Orada chempionatni hech bir klub tark etmagan paytlar ham bo‘ldi. 2012 yilga kelib islohotlarning uchinchi to‘lqini amalga oshdi. Endi Koreyada 12ta jamoa bor va ular 4ta davrada 38ta o‘yinda chempionni aniqlashadi.
J.Koreya K-ligasi chempionlari:
«Chonbuk Xyunday Motors» (5): 2009, 2011, 2014, 2015, 2017
«Seongnam FK» (4): 2001, 2002, 2003, 2006
«FK Seul» (3): 2010, 2012, 2016
«Suvon Samsung Blyuings» (2): 2004, 2008
«Poxang Stilerz» (2): 2007, 2013
«Ulsan Xyunday» (1): 2005
J.Koreya FA kubogi g‘oliblari:
«Suvon Samsung Blyuings» (4): 2002, 2009, 2010, 2016; «Poxang Stilerz» (3): 2008, 2012, 2013; «Seongnam FK» (2): 2011, 2014; «Chonbuk Xyunday Motors» (2): 2003, 2005; «Chonnam Dragons» (2): 2006, 2007; «Dejon Sitizen» (1): 2001; «Pusan Aypark» (1): 2004; «FK Seul» (1): 2015.
Xitoy chempionatining yangi formati va undagi moliyaviy imkoniyatlar haqida gapirildi. Lekin bu ligadagi asosiy shaxslardan hisoblanmish bosh murabbiylarga ko‘p to‘xtalmadik.
Joriy mavsum o‘rtacha imkoniyatlari bilan 3-o‘rinni olgan Fabio Kannavaro «Yil murabbiyi» deb topildi. Umuman olganda, 2004, 2007 va 2010 yillardagina mahaliy murabbiylar bu nomga ega bo‘lishgan, xolos.
Xitoy superligasi chempionlari:
«Guanjou Evergrand» (7): 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
«Shandong Luneng» (3): 2006, 2008, 2010
«Pekin Guoan» (1): 2009
«Chanchun Yatay» (1): 2007
«Dalyan Shayde» (1): 2005
«Shenjen FK» (1): 2004
FARRUXBEK tayyorladi