Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Ayollar «klasiko»sida «Barselona» yirik hisobida g‘alaba qozondi (videosharh)

Ayollar «klasiko»sida «Barselona» yirik hisobida g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ayollar o‘rtasida Ispaniya chempionatining 10-turida «Real Madrid» va «Barselona» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Madridda o‘tkazilgan bahs 4:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda Patrisiya Gijarro dubl qayd etgan bo‘lsa, Klaudiya Pina yana bir golga mualliflik qildi. Yakuniy hisob 86-daqiqada Aleksiya Putellas tomonidan o‘rnatildi.

Putellas «Barselona» safida o‘zining 199-golini urdi va Luis Suaresni ortda qoldirib, erkaklar va ayollar o‘rtasida klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Ko‘k-anorranglilar» safida faqat Sezar Rodriges (232) va Lionel Messi (672) ko‘proq gol urishgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Real Madrid» va «Barselona» erkaklar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ham xuddi shunday natija qayd etilgandi.

Ayollar o‘rtasidagi Ispaniya chempionatida «Barselona» 10 o‘yindan keyin 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real» 9 turdan keyin 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:32, 17.11.2024.
O'qildi: 6332 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик