Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Lotar Matteus Jahon chempionatida Mbappedan ko‘ra ko‘proq porlashi mumkin bo‘lgan futbolchini aytdi

Lotar Matteus Jahon chempionatida Mbappedan ko‘ra ko‘proq porlashi mumkin bo‘lgan futbolchini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining sobiq afsonaviy futbolchisi Lotar Matteus Fransiya milliy terma jamoasi va «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olisening JCH-2026’dagi imkoniyatlari va istiqbollari haqida yuqori fikrlar bildirdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

«Mbappe — gol urish borasida haqiqiy «mashina». Biroq, menga nazarimda, Olise ushbu mundialda Kilianni soyada qoldirib ketishi mumkin. Maykl nafaqat gol urishni biladi, balki maydonda haqiqiy sehr ko‘rsata oladi. Agar u Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilib, «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritsa, bundan aslo hayratlanmayman», — deya Matteusning so‘zlarini keltirmoqda matbuot.

Ma’lumot uchun, ayni damda 24 yoshli Maykl Olisening transfer qiymati nufuzli portallar tomonidan 150 million yevroga baholanmoqda va u dunyoning eng qimmatbaho futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati—2026 guruh bosqichida Didye Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 16:22, 11.06.2026.
O'qildi: 5364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик