«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga Myunxenning «Bavariya» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar «Nyukasl»dan Entoni Gordon va «Liverpul»dan Rio Ngumoxu transferini amalga oshira olmagach, bor e’tiborini Reshfordga qaratgan va u uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Biroq ushbu transfer amalga oshishi uchun Reshford ikkita jiddiy shartga rozi bo‘lishi kerak:
-
Birinchidan, u yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumni ijara asosida o‘tkazgan «Barselona» klubida qolish fikridan voz kechishi lozim.
-
Ikkinchidan, futbolchi ayni damda haftasiga 325 ming funt sterlingni tashkil qilayotgan yuqori maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lishi shart.
Hozircha futbolchining ushbu shartlarga qanday javob berishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.













