Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Barselona" "Chelsi"dan 80 million yevro so‘ramoqda

"Barselona" "Chelsi"dan 80 million yevro so‘ramoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" Jyul Kundega "Chelsi" klubi qiziqish bildirganidan so‘ng uning transfer narxini 80 million yevro etib belgiladi. Bu haqda ElNacional.cat xabar berdi.

"Chelsi" Malo Gyusto "Manchester Siti"ga o‘tishini rasmiylashtirsa, Kunde transferini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyor. "Barselona" esa bu yozda fransuz himoyachisini 80 million yevrodan kam summaga sotish niyatida emas.

Kundening kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Jyul Kunde o‘tgan mavsumda La Ligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiyalik futbolchi "Barselona" safida 2022 yildan buyon harakat qilmoqda. U kataloniyaliklar safiga "Sevilya"dan ko‘chib o‘tgan.

Kiritildi: 09:53, 20.08.2026.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик