Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 0-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 0-0 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Bernardu Silva «Real»ning taklifini qabul qildi

Bernardu Silva «Real»ning taklifini qabul qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning «Real» klubi taklif qilgan shartnomaga rozilik bildirdi va «qaymoqranglilar» safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Bu haqda Fussball Transfers jurnalisti Dominik Shnayder o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi kutilgan Joze Mourinyo 31 yoshli portugaliyalik futbolchining transferiga shaxsan qiziqish bildirayotganini xabar qilgan edi.

O‘tgan mavsumda Bernardu Silva barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mazkur o‘yinlarda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:35, 11.06.2026.
O'qildi: 3859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик