Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rossiyaning to‘rt klubi 2027/28-yilgi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin

Rossiyaning to‘rt klubi 2027/28-yilgi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -

Agar UEFA Rossiya klublari va terma jamoalariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilsa, mamlakatning to‘rt klubi 2027/28-yilgi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda UEFA tomonidan e’lon qilingan hujjatlarda ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, 2026/2027-yilgi mavsum Rossiya chempioni Chempionlar Ligasining 1-saralash bosqichidan ishtirok etadi. Mamlakat Kubogi g‘olibi Yevropa Ligasining 1-saralash bosqichida qatnashadi.

Rossiya chempionatida 2 va 3-o‘rinlarni egallagan klublar esa Konferensiyalar Ligasining 2-saralash bosqichidan musobaqaga qo‘shilishi mumkin. UEFA hujjatida bu hozircha dastlabki qadam ekani va yakuniy qaror mavsum oxirigacha qabul qilinishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoalari va klublari 2022-yildan buyon xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti. 27 avgust kuni UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Rossiya terma jamoalari va klublarini musobaqalarga qaytarish masalasi Ukrainadagi mojaro yakunlanganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA va UEFA 2022 yil fevral oyida Ukrainadagi voqealar sabab Rossiya terma jamoalari hamda klublarini xalqaro musobaqalardan noma’lum muddatga chetlatgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:18, 11.09.2026.
O'qildi: 2317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик