Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ispaniyada Bernardu Silvaning nega «Barselona»ga o‘tishdan bosh tortgani ma’lum qilindi

Ispaniyada Bernardu Silvaning nega «Barselona»ga o‘tishdan bosh tortgani ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva «Barselona» bilan transfer borasida kelishuvga erishgan edi. Kataloniya klubida portugaliyalik futbolchi «maqbul» miqdordagi maosh olishi kutilgan.

Biroq «ko‘k-anorranglilar» 31 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlanmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Xose Alvares Gayya o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hatto boshqa klublar Bernarduni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan taqdirda ham, «Barselona» o‘z pozisiyasini o‘zgartirish niyatida bo‘lmagan. Chunki klub rahbariyati yarim himoya chizig‘idagi tarkib yetarlicha shakllangan deb hisoblagan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Bernardu Silva Madridning «Real» klubi taklifini qabul qilgani va «qaymoqranglilar» safiga erkin agent sifatida qo‘shilishini xabar qilgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:37, 11.06.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик