Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Gvardiol o‘z faoliyatini davom ettirish uchun ikki klubdan birini tanlaydi

Gvardiol o‘z faoliyatini davom ettirish uchun ikki klubdan birini tanlaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida turibdi. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, xorvatiyalik futbolchining oldida faoliyatini davom ettirish uchun ikkita asosiy variant mavjud: u yo «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi (klub tomonidan aniq taklif futbolchining stolida turibdi) yoki shu yozda Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tadi.

Hozirda «qaymoqranglilar» Gvardiol transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, «Manchester Siti» rahbariyati ham xorvatiyalik himoyachini qo‘yib yubormoqchi emas va yangi bitim imzolashi uchun unga faol ravishda bosim o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, Germaniyaning «Bavariya» klubi futbolchi uchun kechayotgan kurashda ishtirok etmayapti. Myunxenliklarga Gvardiolning o‘yini ma’qul kelayotgan bo‘lsa-da, ular uchun bu transfer moliyaviy jihatdan haddan tashqari qimmatlik qiladi.

Kiritildi: 12:36, 11.06.2026.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик