Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» yaqin orada Peresni sudga beradi

«Barselona» yaqin orada Peresni sudga beradi

Baho:
+7 | -

«Barselona» klubi yaqin vaqt ichida «Real» prezidenti Florentino Peresga qarshi sudga da’vo arizasi kiritishni rejalashtirmoqda. Bunga uning Negreyra ishi doirasida kataloniyaliklar sha’niga aytgan ayblovlari sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

May oyining o‘rtalarida Peres hakamlarning harakatlari tufayli «Real»dan yettita chempionlik o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda «Barselona» va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pul to‘lagani bo‘yicha poraxo‘rlik ayblovi qo‘yilgan edi. Sud «Barselona» tomonidan 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda Negreyraga bir necha million yevro miqdorida mablag‘ o‘tkazib berilganini jinoyat deb topgan.

«Barselona» «Real»dagi prezidentlik saylovlari sababli sud jarayoniga tayyorgarlikni vaqtincha to‘xtatib turgan edi, chunki klub rahbariyati saylov natijalarini kutishga qaror qilgandi. Florentino Peres rasman qayta saylanganidan so‘ng, kataloniyaliklar jarayonni yana faollashtirishdi.

Qayd etilishicha, «Barselona» Peresnikiga o‘xshash bayonotlar bilan chiqish qilgan «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Alvaro Arbeloani ham sudga berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi. Biroq u iste’foga chiqarilganidan keyin, bu variant kun tartibidan chiqarilgan ko‘rinadi.

Kataloniya klubi Florentino Peresning so‘zlarini «tuhmat» deb hisoblamoqda va sudda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Kiritildi: 20:21, 11.06.2026.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик