Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“Buxoro”ning bu yilgi ishtirokiga nazar yoxud jamoaning oliy liga-2017dagi ishtiroki raqamlarda!

“Buxoro”ning bu yilgi ishtirokiga nazar yoxud jamoaning oliy liga-2017dagi ishtiroki raqamlarda!

Baho:
+-1 | -

Mamlakatimizda bu yilgi oliy liga bahslari yakuniga yetganiga ham roppa-rosa bir hafta bo‘ldi.

BAQOYEVNING DEBYUTI YOMON CHIQMADI

Ishqibozlarga yaxshi ma’lumki, bu yilgi mavsumni “Buxoro” Ulug‘bek Baqoyev boshchiligida o‘tkazdi. Aytish lozimki, mavsum jamoa uchun turlicha o‘tdi. Avvaliga muvaffaqiyatli kechayotgandek taassurot qoldirayotgandi, ammo so‘nggi paytlarda omad yuz o‘girib, yakunda “Buxoro” chempionatni 6-o‘rinda tugatdi. Mahalliy murabbiy sanaladigan Ulug‘bek Istamovich uchun ham bu yilgi mavsum xarqalay yomon o‘tmadi desa bo‘ladi. Sababi Baqoyev murabbiylikdagi ilk mavsumidayoq 6-o‘rinni egallash bilan birga, qisqa vaqt ichida kurashchan jamoa shakllantirib, mahalliy muxlislarning xurmatini qozonishga erishdi. Chempionat boshlanishiga oz muddat qolganida jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib olgan Baqoyev eng avvalo o‘z yoniga taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni yordamga chaqirib olgani uning eng katta plyuslaridan biri bo‘ldi. Chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek, Baqoyev bungacha bosh murabbiy sifatida xech bir klubda ishlamagandi. Boz ustiga 40 yoshli murabbiy “Buxoro” bosh murabbiyi etib tayinlangach, nafaqat murabbiylar shtabida, balki tarkibda ham o‘ziga yarasha muammolar ko‘ndalang turgandi. Bunday chigal vaziyatdan chiqib ketishini ko‘pchilik kutmagadi va o‘sha paytda aksariyat odamlar “Buxoro” bu yilgi chempionatda 10-o‘rinni egallashi ham katta gap qabilidagi fikrlarni ham ilgari surgandi. Lekin Baqoyev va Ashurmatov tandemi qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi hamda ishqibozlarni ishonchini qaytarishga erishdi. Tabiiyki bunda klub xomiylari bilan rahbariyatning ham xissasi beqiyos. Aynan ularning ham moddiy va manaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida “Buxoro” mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Joriy mavsum murabbiylar shtabida Ulug‘bek Baqoyevga Shuxrat Fayziyev, Yevgeniy Antonenko va Nurillo Habibov singari mutaxassislar ham ko‘maklashishgani aytib o‘tish lozim. Albatta ularning ham tajribasi jamoaga qaysidir paytda asqotdi. “Buxoro”ning 40 yoshli bosh murabbiyi bu yil ko‘plab o‘yinlarda qiziqqonligi va jonbozligi bilan ham ko‘pchilikni e’tiborini tortdi. Uchrashuv paytida shogirdlarini qoyib turishi bilan ba’zida taniqli mutaxassis Yuriy Sarkisyanni eslatib yuborardi. Ammo o‘yin yakunlangach, matbuot anjumanida ko‘pincha qo‘li ostidagi futbolchilar bilan faxrlanishini bildirib o‘tib, ularni matbuot orqali ham ruhiy jihatdan kayfiyatini ko‘tarib qo‘yishni ham udalladi. Baqoyevning bu yilgi chempionatdagi yana bir ijobiy ishi bu Ivan Nagayevni yana avvalgi xolatiga qaytargani bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Muxlislarga yaxshi ma’lumki, Ulug‘bek Baqoyev ham o‘z vaqtida hujumchi sifatida xarakat qilgan. U bu yil deyarli “yo‘qolib qolgan” Nagayevni boshqatdan kashf etib bera oldi. Ivan jaroxatlar va boshqa ayrim sabablarga ko‘ra, “Lokomotiv”da zaxira o‘yinchisiga aylanib qolgandi. Mavsum avvalida uni Baqoyev “Buxoro”ga taklif etib, katta saxnaga qaytardi va futbolchi ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Nagayev bu yil chempionatda raqiblar darvozasiga 10ta to‘p kiritib, jamoa to‘purariga aylandi. Eng asosiysi u yana milliy terma jamoa murabbiylarining e’tiboriga tusha boshladi. Xullas Ulug‘bek Istamovich murabbiylikdagi dastlabki mavsumida yomon taassurot qoldirmadi. Buxorolik muxlislar undan kelgusida sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa shakllantirishiga umid qilmoqda.

Ishonamizki, Baqoyev kelasi mavsumda ham albatta ishqibozlarning mehrini qozonadi. Bu borada unga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

LEGIONERLAR QANDAY TAASSUROT QOLDIRDI?

Ulug‘bek Baqoyev bu yil tarkibni imkon qadar kuchaytirish maqsadida xorijlik futbolchilarning ham xizmatidan foydalandi. Bular –Vladimir Bayenko, Kirill Pasichnik hamda Ivor Vayser. Rossiyalik himoyachi Bayenko qisqa fursat ichida jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylanib ulgurdi. Markaziy himoyachi ko‘plab uchrashuvlarda “Buxoro”ni maydonga sardor sifatida ham boshlab tushdi. Shuningdek 27 yoshli legioner o‘z aktiviga 3ta gol ham yozdirib qo‘yishga erishdi. Qozog‘istonlik yana bir himoyachi Pasichnik ham yomon taassurot qoldirmadi. 24 yoshli futbolchi o‘z ishtirok etgan o‘yinlarda jamoaga foyda keltirishga urindi. Himoyachilar orasidagi raqobat kuchli bo‘lgani bois ikkinchi davrada Kirill ko‘p ham maydonga tushmadi. Lekin qaysidir ma’noda ushbu futbolchi ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Xorvatiyalik 29 yoshli Vayser esa bu yil 19ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Murabbiylar undan asosan ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga chiqarib, o‘yinni kuchaytirish maqsadida foydalandi. Markaziy yarim himoyachi o‘z ustida jiddiy ishlashi bilan ham ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Xorijlik futbolchilar mavsumni to‘liq “Buxoro”da o‘tkazdi. Demak, ular murabbiylarning ishonchini oqlagan. Legionerlarning keyingi taqdiri haqida hozircha tayinli fikr bildirish qiyin.

“BUXORO”NING ENG KEKSA VA YOSH FUTBOLCHISI

Bu yilgi mavsumda “Buxoro” tarkibida xarakat qilgan Bahriddin Vahobov jamoaning mavsum-2017dagi eng keksa futbolchisi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. 34 yoshli futbolchi 20ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Aksincha jamoaning joriy chempionatdagi eng yosh futbolchisi esa Shoxjahon Nasimov bo‘ldi. 21 yoshga to‘lmagan iqtidorli darvozabon 2ta uchrashuvda ishtirok etdi. “Lokomotiv”ga qarshi safarda kechgan bahsda Nasimov oliy ligadiga debyut uchrashuvni o‘tkazdi. Keyingi o‘yinni esa Shoxjahon to‘liq o‘tkazdi. SHIXOVNING REKORDI San’at Shixov bu yilgi mavsumda “Buxoro”ning chin ma’nodagi yetakchisi bo‘ldi. Murabbiylar San’atni to‘liq 30ta o‘yinga qo‘ygani ham fikrimizni tasdiqlasa ajab emas. Buxorolik muxlislar yaxshi bilishadi, Shixov o‘tkan yilgi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilgandi. 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2016 yilgi mavsumda ham 25ta o‘yinda ishtirok etgan. E’tiborlisi bu yil u chempionatning barcha uchrashuvida maydonga tushib, birorta ham o‘yinni o‘tkazib yubormadi. Bu orqali u jamoadagi boshqa futbolchilarga o‘rnak bo‘ldi.

Manba: Pfcbuxoro.com
Kiritildi: 14:19, 02.12.2017.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.