Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Futbolchi va murabbiy sifatida YECHLni qo‘lga kiritgan qoyilmaqom yettilik (fotogalereya)

Futbolchi va murabbiy sifatida YECHLni qo‘lga kiritgan qoyilmaqom yettilik (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Kim nima desa desinu, klublar o‘rtasidagi JCH ham, Libertadores kubogidan tortib, qolgan barcha nufuzli musobaqalar ham YECHK turnirini bayroqdor sifatida tan olib, uning mavqeiga havas qilishadi.

O‘tgan asrning so‘nggi yillaridan boshlab YECHL nomi ostida faoliyat yuritayotgan musobaqada qatnashish har bir futbolchi, murabbiy va hakamning azaliy orzusi.

Unda shohsupaga ko‘tarilib, g‘oliblik sururidan bahramand bo‘lish esa sanoqli mahorat sohiblariga nasib etadi. Endi ayting-chi, Munyos, Trappattoni, Zidan, Kroyff, Anchelotti, Raykaard va Gvardioladek afsonalarni qanday rishta bog‘lab turadi?

Yevropa futbolining purviqor cho‘qqisiga ko‘tarilish uchun avval maydonda halol ter to‘kishgan, keyin murabbiy kursisida qanchadan-qancha asab hujayralarini qurbon qilishgan.

Bunday sharafga ega bo‘lganlar soni atigi 7 nafar. Albatta, nufuzli sovrinni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan universallar safi qachondir kengaya­di.

Faqat buning uchun qancha vaqt ketishini hech kim bilmaydi.

MIGEL MUNYOS

Futbolchi sifatida: 1955|1956, 1956|1957 va 1957|1958 yillar mavsumida YECHKni qo‘lga kiritgan («Real»).

Murabbiy sifatida: 1959|1960, 1965|1966 («Real»).

«Qirollik klubi»ning afsonasi «Santyago Bernabeu»­dagi futbolchilik faoliyatini 1948 yili boshlagandi. Markaziy yarim himoyachi madridliklar safida 223ta uchrashuv o‘tkazib, 3 marta Chempionlar kubogiga sazovor bo‘lgan.

Faoliyatini yakunlagach, bir yildan so‘ng murabbiylik lavozimini egalladi va debyutidayoq «shalpangquloq»ni boshi uzra ko‘tardi. «Real»dek nomdor jamoa bilan bunday muvaffaqiyatga erishish kimlargadir oson tuyulishi mumkin.

Lekin besh yildan buyon nufuzli sovringa navbatma-navbat egalik qilayotgan «Benfika», «Milan» va «Inter»ning qarshiligini sindirish oson bo‘lmagani aniq. Munyos ana shu murakkab topshiriqni uddalab, «blankos»ni shohsupaga olib chiqdi.

KARLO ANCHELOTTI

Futbolchi sifatida: 1988|1989 1989|1990 («Milan»).

Murabbiy sifatida: 2002|2003, 2006|2007 («Milan»), 2013|2014 («Real»).

Italiyalik mashhur mutaxassisning YECHK|ECHL turnirlarida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni ispaniyalik kasbdoshiniki bilan bir xil.

Biroq yaqinda «Bavariya»dan iste’foga chiqqan Anchelotti Munyosga nisbatan ikki ustunligi bilan maqtana oladi: 1. Don Karlodan tashqari faqat buyuk Bob Peysliga murabbiy sifatida nufuzli sovrinning uch karra sohibi bo‘lish nasib etgan; 2. Anchelotti - murabbiy sifatida ikkita jamoani («Milan» va «Real») g‘oliblikka olib chiqqan yagona murabbiy!

Italiyalik mutaxassis erishgan muvaffaqiyatning yana bir e’tiborli jihati shuki, futbolchilik davrida u qatorasiga ikki marta YECHK cho‘qqisiga ko‘tarilgan, keyin «Milan»ni ikki marta g‘oliblikka olib chiqqan. Nihoyat, 2014 yili «Real» bilan zafar quchib, o‘ziga xos «xet-trik»ni rasmiylashtirdi.

YOXAN KROYFF

Futbolchi sifatida: 1970|1971, 1971|1972, 1972|1973 («Ayaks»).

Murabbiy sifatida: 1991|1992 («Barselona»).

«Uchar golland» «shalpangquloq»lar soni bo‘yicha ­Munyos va Anchelottidan pastroq ko‘rsatkichga ega. Ammo baholashda quruq arifmetika bilan cheklanmasak, «Barselona»ning aynan shu mutaxassis rahbarligida boshlagan parvozi hanuzgacha o‘z fusunkorligini yo‘qotmaganiga qoyil qolish kerak.

Kroyff dastlab «Ayaks» klubi va Gollandiya terma jamoasidagi safdoshlari bilan «total futbol» yordamida chinakam inqilobni amalga oshirdi.

20 yildan keyin esa Yoxan tufayli Kataloniya klubi nafaqat Yevropa, balki butun dunyoga tanildi - futbolchi sifatida qatorasiga uch marta shohsupaga ko‘tarilgan Kroyff murabbiylik sohasiga o‘tganidan keyin «Barsa»ni YECHLda g‘oliblikka olib chiqdi.

FRANK RAYKAARD DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:42, 06.12.2017.
O'qildi: 9408 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.