AQSH prezidenti Donald Tramp jahon futboli yulduzlari — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Messi, ey Messi. Messi qanchalik zo‘r? U xet-trik qildi. Menimcha, xet-trik sizning sportiningizda juda kam uchraydigan hodisa, shunday emasmi?
Krishtianu Ronaldu-chi? Men Ronalduni taniyman. U juda yaxshi yigit», — deya Trampning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Lionel Messi faoliyatidagi uchinchi jahon chempionati finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2014 yilda Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi finalda Germaniyaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa (0:1), 2022 yilda Fransiyani mag‘lub etgandi (3:3, penaltilar seriyasida 4:2). Bu safar argentinaliklarga Ispaniya terma jamoasi raqiblik qiladi.













