Argentinaning “River Pleyt” klubi 2011 yil qayta tashkil qilingan Argentina kuboki g‘olibiga aylandi.
Musobaqa finalida “River Pleyt” “Atletiko Tukuman”ga qarshi o‘yin o‘tkazib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gap shundaki, “River Pleyt” tarixida ikkinchi marta bu sovringa ega chiqdi. Bungacha bu musobaqa 1969 yili o‘tkazilgan.