Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Lobanovning 2017 yilgi ko‘rsatkichlari

Aleksandr Lobanovning 2017 yilgi ko‘rsatkichlari

Baho:
+ | -

Darvozabon Aleksandr Lobanov 2017 yilgi mavsumda jamoamiz safida eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biriga aylandi.

U maydonda 2340 daqiqani o‘tkazdi. Ushbu natija borasida faqat Vladimir Kozak Lobanovdan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan. O‘zi maydonga tushgan 27 uchrashuvning 11tasida darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan. "Quruq" seriyasi eng ko‘p 511 daqiqani tashkil qilgan.

Bir o‘yinda o‘rtacha bir seyvni amalga oshirgan. Darvozasi tomon berilgan zarbalarning 72 foizini qaytarib qolishga erishgan. To‘pni oshirishga oldindan uringan holatlarda yuz foiz aniq pas yetkazib bergan. Har 27 to‘p oshirishidan 17tasida u jamoa hujumini boshlagan.

Bir bellashuvda o‘rtacha Sasha 1 qisqa, 10 (9 aniq) o‘rta va 18 (14 aniq) uzoq masofaga to‘p oshirgan. Jamoadoshlariga 83 foiz holatda aniq to‘p yetkazib bergani e’tiborga molik.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 13:41, 13.12.2017.
O'qildi: 3993 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик