Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoaning Qatarda bo‘lib o‘tadigan qishgi yig‘inlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes ma’lum qildi.
“Manuel Germaniyada qoladi, u biz bilan Qatarga bormaydi. Biz umuman tavakkal qilishni istamaymiz. Noyerga doimiy og‘irlikni yanada ko‘proq qilishga harakat qilamiz”, — deydi Xaynkes.
Ma’lumot uchun, Noyer sentyabr oyida “Bavariya” mashg‘ulotlari vaqtida oyog‘idan jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqandi.