Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Gabriel Jezus: «13 yoshligimda oyoqlarimni sindirmoqchi bo‘lishgan»

Gabriel Jezus: «13 yoshligimda oyoqlarimni sindirmoqchi bo‘lishgan»

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi hujumchisi 13 yoshligida, futbol o‘ynashni endi boshlaganida, kuchli jamoalarga qarshi o‘ynaganini aytdi.

“Men 13 yoshligimda, katta erkaklar bilan futbol o‘ynashni boshlaganman. Braziliyada bu ko‘cha basketboliga o‘xshaydi.

Biz liganing eng kuchli jamoalariga qarshi to‘p surardik. O‘shanda menga qarab: “Bu bolakay kim?”, deb so‘rashgandi.

To‘rt daqiqadan keyin men himoyachini aldab o‘tdim va gol urdim. Undan keyin o‘sha himoyachi mening oyog‘imni sindirishini aytgandi.

Undan keyin to‘p yana menga tushdi va biz gol urdik. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Va u yana oyog‘imni sindirishini aytdi.

Biroq jamoadoshlarim yig‘ilib meni himoya qildi. Bu bilan hikoyam tugamaydi. Rodjestvoda uyga qaytdim va oilamni ko‘rdim.

Bankka borishim kerak bo‘ldi. U yerda o‘sha yigitni ko‘rdim. U menga qarab: “Ey, bolakay, meni esladingmi? Men o‘sha, oyoqlaringni sindirmoqchi bo‘ldim”.

Men uni hazillashyapti, deb o‘yladim. “Yo‘q, yo‘q. Men buni qilmoqchi edim. Endi esa sen mening sevimli jamoamda o‘ynayapsan. Seni yaxshi ko‘raman, uka”.

Biz xursand bo‘ldik va birga rasmga tushdik”, - deydi Jezus.

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 21:53, 19.12.2017.
O'qildi: 3804 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.