Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Professional futbol ligasi: Muammo va istiqbol

Professional futbol ligasi: Muammo va istiqbol

Baho:
+ | -

Ma’lumki, sifatli futbol chempionati milliy terma jamoaning muvaffaqiyatli o‘ynashi uchun zamin yaratadi.

Shu bois ham futboli rivojlangan mamlakatlarda milliy chempionatlarni rivojlantirish uchun yaxshi sharoitlar yaratishga jiddiy bel bog‘lashgan.

O‘zbekistonda ham bu borada o‘zgarishlar qilib borilmoqda. Biroq hozirgi vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu borada bajariladigan ishlar ko‘p.

Nimaga egamiz?

Mana bir necha yildirki, O‘zbekis­tonda Professional futbol ligasi deb atalmish tashkilot bor. O‘ylashimizcha, u nomigagina faoliyat yuritadi.

Negaki, olib borilayotgan ishlar, zerikarli tadbirlar, motivasiyaning yo‘qligi aynan shu tashkilotga tegishli. Butun dunyoda keng ko‘lamli ish ketayotgan bir paytda PFL bir yerda to‘xtab turgandek tasavvur uy­g‘otmoqda.

Albatta, PFL rahbarlari o‘ziga xos tizim yaratishga urinishdi. Lekin biz kutilgan natijaga guvoh bo‘lmadik. Agar PFLning muvaffaqiyatsizliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, qu­yidagi vaziyatlarga e’tibor qaratishimiz lozim:

- futbol klublarini moddiy rag‘batlantirish uslublari ishlab chiqilmadi;

- klublar o‘rtasida haqiqiy raqobatni yuzaga keltiradigan qulay va ixcham O‘zbekiston chempionati formati ishlab chiqilmadi;

- birinchi va ikkinchi ligaga kerakli e’tibor berilmadi. Natijada, bu oliy liga faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi;

- marketing sohasida rivojlanish mexanizmi ishlab chiqilmadi. Bu esa klublarning oz bo‘lsada o‘z xarajatini qoplashi uchun zamin yaratardi;

- OAV bilan yetarli darajada hamkorlik o‘rnatilmadi.

Xuddi boshqa sport tashkilotlari kabi, PFL ham yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ish olib borishi lozim edi. Shu orqali mamlakatda futbolning normal tarzda rivojlanishiga imkon yaratilardi.

Ishga bu kabi yondashish esa qaysidir ma’noda inqirozga sabab bo‘ldi. Yakunda PFL shu darajaga yetdiki, katta o‘zgarishlar qilish ehtiyoji oshdi. Tashkilot struktura va chempionat borasida hattoki, Osiyo talablarini ham bajara olmadi.

Rahbariyat o‘zgarganidan so‘ng... DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:21, 21.12.2017.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.