Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

JCH-2018ning so‘nggi yo‘llanmasi sohibi haqida

JCH-2018ning so‘nggi yo‘llanmasi sohibi haqida

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda futbol jamoatchiligining asosiy e’tibori Peruga qaratildi.

To‘g‘ri, Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Italiya, Shvesiya, Xorvatiya, Gresiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham o‘ziga yarasha fidoyi, sadoqatli muxlislarga ega.

Ammo hattoki, Gonduras ham mag‘rur Kordilyera cho‘qqilari bag‘riga singib ketgan ko‘hna inklar avlodining o‘ziga xos tabiati, qadimiy urf-odatlariga tan beradi.

Hozirda Peruning yoshu-qarisi telba futbol fanatiga aylangan. Ayniqsa, Yangi Zelandiya bilan bo‘lgan to‘qnash bahslar davrida.

Terma jamoa a’zolari hal qiluvchi bellashuvga puxta hozirlik ko‘rishlari uchun Peruda ichki chempionat ma’lum muddatga to‘xtatildi. Shu bois 11 soatlik parvozdan keyin Oklendda maydonga tushgan futbolchilarda horg‘inlik alomatlari kuzatilmadi.

Albatta, mezbonlar ham perulik futbolchilarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solish maqsadida bor «hunar»­larini ko‘rasatishdi. Biroq bu urinishlar mehmonlarga zarracha ta’sir ko‘rsatmadi.

Farfan o‘z jamoadoshlari bilan dadil olg‘a intilib, reydlar uyushtirdi, savlatli raqiblaridan balandroq sakrashga urindi. To‘p mehmonlar yarim maydoniga o‘tganida esa Peru xuddi o‘z maydonida to‘p surayotgandek tuyuldi - ikkita ulkan sektorni to‘ldirib o‘tirgan qizil-oq libosdagi muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Shu zaylda kechgan o‘yinda raqib darvozasini zabt etish na mehmonlar va na mezbonlarga nasib etdi - Yangi Zelandiya - Peru - 0:0. Oqibatda Rossiya mundialining so‘nggi yo‘llanmasi taqdiri Limada aniqlanadigan bo‘ldi.

JODUGAR SHOMONLAR KO‘MAKLASHISHDI

Peruda futbolga oshiq bo‘lmagan kishi qolmadi. Oxirgi oyning o‘zida terma jamoa futbolkalari 3 mln.dan ortiq nusxada savdo shaxobchalariga yetkazib berildi. Talab esa pasaygani yo‘q.

Termaga tegishli qandaydir buyumni xarid qilish uchun muxlislar uzoq vaqt navbatda turadilar. Ularning aksariyati Peru oxirgi marta JCHda qatnashgan payt, ya’ni 1982 yili hali dunyoga kelmagan edilar. Xullas, qiziqishning bu qadar kuchli bo‘lishi sababini tushunish qiyin emas.

Aytishlaricha, terma jamoaning oxirgi to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tishida mahalliy shomonlar yaqindan yordam berganlar. Ular Yangi Zelandiyadagi dastlabki bellashuvda ham raqib o‘yinchilarini sehrlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solishgandi.

Bunday harakatlar saralash bosqichi arafasida ham amalga oshi­ril­gandi.

PREZIDENT RAQSGA TUSHDI

Hatto mamlakat rahbari futbol fanatlarining terma jamoani qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ommaviy harakatlaridan chetda qolmadi: Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski saroyda tashkil etilgan tadbirda bosh vazir Mersedes Araos bilan raqsga tushdi.

Harbiy orkestr va ishtirokchilar «Peru chempion!» hayqirig‘i bilan jo‘r bo‘lib turishdi. Qo‘shimchasiga, saralashning hal qiluvchi bahslarida jamoa­ni qo‘llash uchun davlat tasarrufidagi muassasalar xizmatchilarga ishdan vaqtliroq ketish imkoniyatini berdi. Boisi, Kolumbiya bilan bo‘lgan uchrashuvning ahamiyati juda katta edi.

CHILI CHETDA QOLDI

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:29, 23.12.2017.
O'qildi: 6020 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.