Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Pro-liga» yoxud ikkinchi darajadagi ligamizni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak?

«Pro-liga» yoxud ikkinchi darajadagi ligamizni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati yangi yildan butkul boshqacha qiyofaga kirishidan umidvormiz, albatta. Bu gap faqat oliy liga emas, quyi divizionga ham tegishli.

Birinchidan, har ikki divizionga yangi, jarangdor nomlar tanlandi - tegishlicha Superliga va Pro-liga. Elita haqida ko‘p gapirildi, gapirilmoqda.

Lekin milliy chempionatimiz tizimida ikkinchi darajada turuvchi ligani ham zinhor unutmasligimiz kerak.

Xo‘sh, Pro-liga shunchaki, «sobiq birinchi liga» bo‘lib qolishini istamasak, qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim?

O‘ZGARISHLAR

Tushunarliki, o‘zgarish faqat nom bilan bog‘liq bo‘lsa, ligada hech qanday siljish kuzatilmasligi ehtimoli katta. Yaxshi bilasiz, vaqtida milliy chempionatni nazorat qiluvchi tashkilot tuzilgandi - Professional futbol ligasi nomi ostida. Ha, PFL hozir ham mavjud. Ammo uning shu vaqtga qadar chin professionallarcha faoliyat yuritganini ko‘rmadik.

Xullas, nom almashgani bilan ishga yondashuv o‘zgarmasa, naf chiqishidan umid qilish qiyin. Xo‘sh, hozirgi o‘zgarishlar haqida ijobiy fikr bildirish mumkinmi? To‘g‘ri, hozirdan bu savolga javob berishning imkoni yo‘q. Ha, turli yangiliklar allaqachon boshlandi. Endi hammasi faqat bir narsaga bog‘liq - yangiliklar g‘oyasi qog‘ozda qolib ketmasligiga.

Kelasi mavsum Superligada 12ta jamoa ishtirok etishi ma’lum. Pro-liga esa 18ta klubni o‘z ichiga olishi belgilab qo‘yilgan. Hozir suhbatimiz ayni shu liga haqida.

Zero, savollar yetarli. Birinchi savol: Pro-liga-2018 qanday o‘tadi? «Birinchi» o‘rniga «Pro» iborasi tanlangani amalda saviya ko‘tarilishini ta’minlaydimi? Tushunarliki, buning uchun jiddiy ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

PRO-LIGA

Oldimizda turgan savollarga javob berishdan oldin avvalgi musobaqa haqida biroz fikr bildirish lozim. Har qancha og‘ir bo‘lsa hamki, ochiq tan olish kerak - birinchi liga turniri o‘zining butun tarixida mudom e’tibordan chetda qoldi. Misol uchun, liga o‘yinlari translyasiya qilinmadi, OAVda musobaqa nomigagina yoritildi, ba’zan yoritilmadi...

Shuningdek, birinchi ligadagi dolzarb masalalarni qamrab olgan intervyularni ham o‘qimadik, hisob. Vaholanki, ligaga nisbatan qiziqish darajasi pastligini aytishga asos yo‘q. Chunonchi, xalqimiz futbol shaydosi va birinchi liga ayniqsa, viloyatlar va chekka tumanlarda jonli futbol tomosha qilish manbai sanaladi.

Faqat muammo shundaki, bunday imkoniyat har doim ham yuzaga kelavermaydi. Sabablar esa juda ko‘p: tashkilotchilikka bog‘liq nuqsonlar, reklama va tashviqotning yo‘qligi, o‘yinlarni noqulay vaqtga belgilanishi va hokazo... Shularning hammasi bir bo‘lib, joylarda stadionlar nisbatan to‘lishiga imkon bermagan.

To‘g‘ri, ba’zi klublar istisno, albatta. Aslida esa birinchi liga o‘yinlari muxlis jalb etishda elita uchrashuvlaridan ham qolishmasligi kerak. Axir bu turnirda tuman va chekka shaharlar sharafini himoya qiladigan jamoalar bor. Bilamizki, tumanlarda futbolga qiziqish boshqacha, ya’ni ancha kuchli.

Zero, jamoada kimningdir do‘sti to‘p suradi, boshqa birovning qarindoshi. Xullas, ko‘pchilik tarkibdagi yigitlarga juda yaqin. Shunday ekan, hamma o‘z tanishi o‘yinini bevosita stadionda tomosha qilishni xohlaydi. Deylik, hamqishlog‘i maydonda javlon ursa, kim bunga befarq qaraydi? Barchasi boshimizdan o‘tgan, bilamiz.

Endi o‘z-o‘zidan tabiiy savol tug‘iladi: muxlislarga shunday yaqin chempionatga qiziqish darajasi past bo‘lishi mumkinmi? Afsuski, bizda yillar davomida birinchi ligaga talab me’yorida e’tibor qaratilmagani oqibatida qiziqish asta-sekin so‘nib bordi.

Endi bunday nomli turnirning o‘zi yo‘q. Yangi mavsumdan e’tiboran Pro-liga o‘yinlarini tomosha qilamiz. Xo‘sh, liga o‘yinlariga qiziqishni oshirish uchun nimalarga urg‘u berish kerak?

MATBUOT

Birinchi liganing eng katta kamchiligi o‘yinlarning yoritilmasligi edi. Ehtimol, «etarlicha yoritilmasdi» deyish to‘g‘riroq bo‘lar, ammo butun boshli mamlakat darajasida o‘tkaziladigan ikkinchi raqamli musobaqaga qaysidir sport gazetasining bittagina sahifasi ham ajratilmasligi asl holatni bildirib qo‘yadi, baribir.

Har holda, birinchi liga o‘yinlari televideniyeda olib ko‘rsatilmasdi, uchrashuvlardan keyin murabbiylar fikri berilmasdi. Demakki, OAV ham turnirga past nazar bilan qaragan. Endi Pro-liga boshqacha saviyaga chiqishini istasak, avvalo, ayni shu kamchilikka barham berishimiz lozim.

Misol uchun, Pro-liganing har turidan o‘rin olgan loaqal bitta o‘yin translyasiya qilinsin, hafta davomidagi uchrashuvlarga bag‘ishlangan alohida ko‘rsatuv tayyorlansin va gazetalarda ham ko‘proq joy ajratilsin. Shundagina muxlislarning qiziqishlari nisbatan oshadi.

Ha, hammasi aytishga oson, amalda esa ancha murakkab. Masalan, «Sport» telekanalida oliy liga bahslarini yoritishga mo‘ljallangan «FIFA» dasturi bor. Unda har bir turdan so‘ng yetarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ammo quyi liga haqida aytarli ma’lumot berilmasdi. Translyasiya haqida-ku gapirish ham ortiqcha. Xullas, Pro-liga darajasi sobiq birinchi liganikidek qolishini istamasak, aynan shu masalani hal qilishga kirishishimiz zarur.

MATBUOT XIZMATI

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:05, 25.12.2017.
O'qildi: 2157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.