Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Oliy Liga-2017 sovrindorlariga medallar topshirildi

Oliy Liga-2017 sovrindorlariga medallar topshirildi

Baho:
+ | -

2017 yilgi futbol mavsumi ancha qiziqarli va samarali tarzda yakuniga yetmoqda. Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogi bahslari ham allaqachon nihoyasiga yetgan.

Shu munosabat bilan dekabr oyining 25-26 sanalarida Oliy Liga-2017 sovrindorlari medallar bilan taqdirlanishdi.

26 dekabrda “Lokomotiv” professional futbol klubi vakillariga O‘zbekiston chempionati oltin medallari topshirildi. O‘tkazilgan tantanali marosimda futbolimiz jamoatchiligi vakillari, futbol faxriylari, OAV vakillari ishtirok etishdi. Unda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov mamlakat chempioni va kubogi sohibi sanalgan “Lokomotiv” futbolchilari va murabbiylariga oltin medallarni topshirdi.

Ma’lumki, “Nasaf” futbol klubi bu yilgi chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi va o‘z tarixida ikkinchi marta kumush medalga sazovor bo‘ldi. 26 dekabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda kumush medallarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarshilik futbolchilarga kumush medallarni Sardor Rahmatullayev tantanali ravishda topshirdi.

25 dekabr kuni esa “Paxtakor” futbolchilarini 2017 yilgi mavsumdagi medallar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jamoaga oliy ligada qo‘lga kiritilgan 3-pog‘ona uchun bronza medallarini O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va PFL direktori Omon G‘ofurov futbolchilar, murabbiylar shtabi va xodimlarga taqdim etishdi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:05, 29.12.2017.
O'qildi: 4500 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик