Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Beshafqat klasiko»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Beshafqat klasiko»

Baho:
+ | -

Ispaniyaning ikki superklubi o‘rtasidagi bahs haqida ko‘p ta’riflar yangragan. Ammo ularning ko‘pida bu o‘yinni yaxshi ko‘rish sabablari sanalgan.

Aslida futbolni ardoqlagan odam klasikoni yomon ko‘rishi kerak, nega deysizmi? Aytaman.

YARMI-I-I-II MADRID, YARMI MESSI…

Dunyo mana shu uchrashuvni tomosha qilayotganda jahon xaritasi o‘zgaradi – yarmi Madrid shahriga, yarmi Kataloniya hududiga aylanadi. Ispaniya la ligasi taqvimi chiqqanda, nigohlarimiz mavsum davomida o‘tadigan shu ikki uchrashuv muddatiga qaratiladi, sho‘rlik “Valensiya”yu “Atletiko”da nima ayb, deydigan odam topilmaydi.

Rejalarimizni shu o‘yinga qarab belgilaymiz.

Eng yomon tomoni

OTAMDAN QOLGAN TOSHOYNA QANI?!

deydigan muxlislar shu kuni yer yuziga qalqib chiqadilar.

Yaqinda ushbu klublarga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan Ruminiyada realchi muxlis joniga qasd qildi, eshitdingiz. Xulosa nima bo‘ladi – bugungi kunda el klasiko nafaqat futbol bellashuvi, balki siyosiy va hatto e’tiqodiy masalaga aylanib bormoqda. Achinarli hodisa.

Boshqa biror bir o‘yindan so‘ng bu qadar ko‘p muhokama bo‘lmaydi, bilasiz. Haqoratlarning eng yangi navlari aynan klasikoni kutib turadi, tugashi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarning to‘riga chiqadi. Hattoki bir-biri bilan yoqa musht bo‘lib urishayotganlar haqidagi xabarlar ham chiqmoqda. Qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga shu telba qarashlar sabab bo‘layotganiga odam bir kulsa, bir yig‘laydi.

Muxlislar-ku, o‘z yo‘liga, lekin bu bahs futbol natijalariga, turnir darajasiga-da ta’sir o‘tkazmoqda. Birgina o‘yindan so‘ng

SAROBGA CHIQQAN KUBOKLARni

ko‘rishimiz mumkin. El klasiko shu qadar muhim va qo‘rqinchli o‘yinki, bir yil davomida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan 6ta kubokdan 5tasini yutib olgan jamoa yil oxirida narigisiga yutqazib qo‘ysa, o‘sha kuboklar muxlislari ko‘z o‘ngida yo‘qqa chiqadi. Oltinlarni qalashtirib tashlagan murabbiylarining faoliyatiga qizil tortiladi.

Bir kun keyin o‘tkazilgan so‘rovda muxlislar Oltin to‘p olgan yigitni hatto uchtalikka ham kiritishmaydi, axir, u eng muhim o‘yinni boy berdi-da! Bu bahsda g‘olib chiqqanlar ko‘kka otiladi, vaholanki, ularning yillik natijalariga e’tibor qaratsangiz, birgina kubokdan boshqa narsani topa olmaysiz. Boshqa biror bir mamlakatda shu kabi e’tiborga molik va barcha natijalarni yo‘qqa chiqaruvchi uchrashuvni topa olmaysiz.

El klasiko boshqa milliy chempionatlarga ham, boshqa turnirlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani ham bor gap. Misol uchun, uning bir o‘zi

APLGA QARSHI KURASHMOQDA!

APL o‘yinlariga taqvim tuzilayotgan paytda, futbol vatani vakillari Ispaniya chempionatining taqvimiga bir qarab qo‘yishsa kerak. Nafaqat inglizlar, balki boshqa chempionat tashkilotchilari ham. Mana shu klasiko o‘yini bo‘ladigan paytga iloji bo‘lsa o‘yin qo‘ymaslik kerak, deb bilishadi ular. Nainki o‘sha soatga, balki o‘sha kunga ham qo‘ymagan ma’qul. To‘g‘ri, buning imkoni yo‘q, lekin muhim uchrashuvlarni baribir boshqa kunga saqlab qo‘yadilar. Oddiy misol: Oxirgi el klasiko o‘tkazilgan kuni ajoyib o‘yinlar o‘tkazildi. Lekin “Chelsi”ning ochko yo‘qotib, turnir jadvaliga jiddiy ta’sir etgan uchrashuvini hatto sezmay ham qoldik. Latifa ham chiqib ketdi: 0:0 bo‘lib tugagan o‘yinda ikki jamoa o‘z o‘yinlariga e’tibor bermay, el klasikoni tomosha qilishgan, shu bois gol urilmagan, degan.

Keyin, aynan el klasiko borligi uchun ham Ispaniya chempionati har bir turida kamida 5ta shiddatli o‘yini mavjud bo‘lgan APLni ortda qoldirib kelmoqda. Butun boshli la liga o‘yinlarini sotib olishni istamagan telekompaniyalar birgina shu klasiko uchun ko‘zni yumib Malagayu Seltalarning o‘yinini sotib olmoqda.

El klasiko shu qadar muhim bellashuvki, necha yillardan buyon Yevropa Chempionlar Ligasida ham shu ikki jamoa finalda o‘zaro hisob-kitob qilishlarini kutishmoqda. Finalgacha bittasi qoqilib qolsa, eh, bu yil ham klasiko ko‘rmas ekanmiz-da, deb xo‘rsinadiganlar juda ko‘p. Ayniqsa, UYEFA rahbarlari.

Dunyoni ikkiga bo‘lib qo‘ygan uchrashuv futbolga bo‘lgan o‘lchovlarni buzib yuborgani yomon. Muxlislarniku qo‘yavering, hatto mutaxassislar ham boshqa o‘yinlarga holis baho bera olishsa-da, shu uchrashuvga kelganda ko‘zlari ko‘r bo‘lib xulosa beradilar. Nega ularning ko‘zi ko‘r, desangiz, javob bitta: muhabbat aralashgan…

Topdim, el klasiko futbol ahlini Majnunga aylantirib qo‘yadi. Aqlu hushidan ayrilgan Majnunga. Taxminan mana bunday:

— Nega bu itni quchoqlab, o‘pib o‘tiribsan?

Bu it anovi kuni “Santyago Bernabeu” (Kamp Nou) stadioniga kirib chiqqanini ko‘rgandim.

Dahshata?!

Xayrulla HAMIDOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 01:35, 30.12.2017.
O'qildi: 17596 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.