Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

“Lokomotiv” PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramovning bayram tabrigi

“Lokomotiv” PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramovning bayram tabrigi

Baho:
+ | -

Qadrli futbol muxlislari, “Lokomotiv” futbol klubining aziz ishqibozlari!

Mana siz-u bizga juda ko‘plab quvonchli onlar, ajoyib g‘alabalar va zavqli lahzalar taqdim etgan 2017 yil ham sekin-asta nihoyalab, o‘z o‘rnini yangi – 2018 yilga bo‘shatib berishga hozirlanmoqda. Ortda qolayotgan mazkur yil siz bilan bizning xotiramizda eng omadli davrlardan biri sifatida muxrlanib qolishiga shubxam yo‘q!

Zero 2017 yilda “Lokomotiv” futbol klubi o‘z oldiga qo‘ygan deyarli barcha vazifani a’lo darajada uddalay oldi. Jamoamiz o‘z tarixida ikkinchi bor O‘zbekiston chempioni degan unvonga ega chiqdi. Qolaversa, “Lokomotiv” O‘zbekiston kubogida ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Yana jamoamiz 2017 yilning "Eng yaxshi klubi" va maxoratli xujumchimiz Marat Bikmayev mavsumning "Eng yaxshi futbolchisi" degan unvonlarni qo‘lga kiritdi. Bir mavsumda yana shuncha sovrin qo‘lga kiritilganini yaxshi natija deya baholash mumkin, nazarimda.

Lekin siz – aziz ishqibozlarimiz jamoamizdan faqat va faqat g‘alabalar kutishingizni juda yaxshi bilamiz. Shu boisdan yangi kelayotgan 2018 yilda ham jamoamiz ishqibozlarini ulkan yutuq va zafarlar bilan xushnud etishni maqsad qilyapmiz.

Jamoamiz sekin-astalik bilan o‘z infratuzilmasini yaxshilab bormoqda. Yildan-yilga natijalarimiz ham yanada yaxshiroq ko‘rinish olmoqda. Bu tempni keyingi yillarda ham saqlab qolishga va “Lokomotiv” brendining yanada ommalashishiga harakat qilamiz. Umid qilamanki, 2018 yilda yanada ulkan zafarlar siz-u bizga yor bo‘ladi!

Shu o‘rinda butun O‘zbekiston xalqini, futbolimiz jamoatchiligi vakillari va ko‘p sonli “Millionlar o‘yini”ning ashaddiy ishqibozlarini Yangi Yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman va barchangizga yangi yilda sihat-salomatlik, baxt-omad va oilangizga qut-baraka tilayman!..

To‘labek Akramov “Lokomotiv” PFK bosh direktor o‘rinbosari

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:32, 31.12.2017.
O'qildi: 2449 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик