Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Metallurg»: Javohir Esonqulov safga qaytdi

«Metallurg»: Javohir Esonqulov safga qaytdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidan e’tiboran “Metallurg” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan iqtidorli hujumchi Javohir Esonqulov 16-turda “Dinamo” (Samarqand) bilan o‘yinda jarohat olib, safdan chiqqandi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozim, qiyin davolanish jarayoni ortda qoldi va Esonqulov “Metallurg” tarkibiga qaytdi.

Ayni paytda poytaxtda davom etayotgan yig‘in davomida Javohir jamoa shifokorlarning nazorati ostida individual shug‘ullanayapti. Biz muxlislarimiz uchun Javohir Esonqulovdan blis-intervyu oldik.

Javohir, jarohatdan keyingi qiyin damlar ortda qolgani rost bo‘lsin. Ko‘z tegmasin mana shug‘ullanishni ham boshlab yubordingiz...

- Aytganingiz kelsin. Qo‘li yengil shifokorlarimizga katta rahmat. Tezroq sog‘ayib ketishim uchun, jarohat asoratlari qolmasligi uchun qo‘llaridan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishdi, ulardan minnatdorman. Sport travmatologiyasi bo‘limi rahbari, medisina fanlari nomzodi Murodjon Irismetov yetakchiligidagi shifokorlarning iliq so‘zlari, mehrli munosabatlari tufayli bu qiyinchilikni yengishga muvaffaq bo‘ldim. Albatta klubimiz rahbariyatiga, klub shifokorlariga ham o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam, ruhiy dalda uchun tashakkur aytaman.

Istaysizmi yo‘qmi, jarohat olgan o‘sha dam tez tez esingizga tushib tursa kerak...

-  Boshida uyqularimni bezovta qildi, ko‘p esladim albatta. Hozir ortda qoldi. Iloji boricha shu xususda so‘z ochilmasligini istayman.

Hech kimning bunday jarohat olishini istamayman. Katta umidlar, kuch g‘ayrat bilan ikkinchi davraga, uning birinchi turiga tayyorgarlik ko‘rgandim.

Yig‘in davomida tajribali murabbiylarimiz, jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlashlari bois o‘zimga bo‘lgan ishonch ortib, ilk o‘yinlarimdanoq muxlislarimiz mehrini yana qozonishga bel bog‘lagandim. Falokat oyoq ostida deb bejiz aytishmas ekan.

Samarqanddagi uchrashuvning 13-daqiqasidayoq mezbonlar darvozaboni Timur Jo‘rayev bilan yakkama yakka chiqdim. To‘pni uning ustidan oshirib, o‘zim ham sakrab o‘tayotgandim, darvozabon juda yaqin kelib qolgan ekan, ulgurmadim.

Unga urilib, noqulay yiqildim. Muvozanatimni o‘nglashga ulgurmadim. Oyog‘im tagimda qoldi. Qattiq og‘riq sezdim.

Menga birinchiyordamni ko‘rsatib, maydonda olib chiqib ketgunlariga qadar to‘rt-besh daqiqa vaqt o‘tdi. Keyin bildik, boldir suyagim ikki joyidan ochiq singan ekan. Toshkentda – travmatolgiya ilmiy tekshirish institutida anchagina murakkab jarrohlik operasiyasini boshdan kechirdim.

Keyin onam kelib meni Moskvaga, oilamiz bag‘riga olib ketdilar. U yerda uch oy yaqinlarim qarovida davolanishni davom ettirdim.

Moskvadagi travmatolog shifokorlar ko‘rigida bo‘ldim. Toshkentdagi operasiyaning muvaffaqyaitli bo‘lganligini ular ham ta’kidlashdi va davolanish jarayonining to‘g‘ri kechishida o‘z maslahatlarini berib turishdi. Xudoga shukur hozir yana qadrdon jamoam safidaman.

Jamoadoshlar to‘p bilan ishlashayapti. Siz ham to‘pni sog‘inib qolgandirsan?

- Albatta. Ayni paytda tiklanish davridaman. Menga maxsus shug‘ullanish dasturi ishlab berishgan. Jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlari, yugurish...

Hammasini bosqichma bosqich amalga oshirib boramiz. Yanvar oyida meni davolagan shifokorlarim oyog‘imdagi maxsus moslamalarni olib tashlashadi. Ana o‘shandan keyin to‘p bilan ishlagna ham navbat keladi.

-  Do‘stlarning xushchaqchaq davrasida tiklanish ham yengil kechadi, nima dedingiz...

-  To‘g‘ri aytasiz. Jamoadoshlar orasida ko‘ngilsiz damlarni tez unutasiz. Tiklanish jarayoni ham tezlashadi, samarali bo‘ladi.

Nasib bo‘lsa, maydonga barchasini unutgan holda qaytishimga oz qoldi. Bu onlarni sabrsizlik bilan kutayapman. Yangi mavsumda muxlislarimizga ko‘proq xush kayfiyat, xursandchilik ulashishga harakat qilamiz.

- Muxlislar ham Sizni sog‘inib qolishgan. Tezroq maydonga qaytishingizni istashadi. Bu yo‘lda Sizga kuch-quvvat, sabr va omad tilaymiz.

- Rahmat.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 13:25, 04.01.2018.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.