Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Paxtakor» nazorat o‘yinida yirik g‘alaba qozondi (video)

«Paxtakor» nazorat o‘yinida yirik g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

Turkiyadagi yig‘inda "Paxtakor" birinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Turkiya uchinchi liga ishtirokchisi "Turgutluspor"ga qarshi maydonga tushgan “Paxtakor” 3:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo‘limda to‘liq tashabbusga ega bo‘lgan "sherlar" ko‘plab qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. 12-daqiqada Kozak raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Keyingi daqiqada Bezerraning faol harakatidan so‘ng Masharipov ikkinchi to‘p muallifiga aylandi. Bo‘lim oxirigacha futbolchilarimiz bir qator imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limda tarkibda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Lobanov ikki marta "Turgutluspor" a’zolarining penaltidan tepgan to‘plari yo‘liga g‘ov bo‘lib, mahoratini namoyish qildi. 84-daqiqada Sayfiyev o‘yinda hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Navbatdagi nazorat bellashuvini "Paxtakor" 11 yanvar kuni Turkiya ikkinchi ligasi vakili "Shanliurfaspor" jamoasi bilan o‘tkazadi.

"PAXTAKOR" - "TURGUTLUSPOR" - 3:0 (2:0)

Gollar: Kozak 12, Masharipov 13, Sayfiyev 84.

"Paxtakor": Suyunov (Lobanov, 46), Kozak, Simich (Andreev, 63), A’zamov, Shorahmedov (Sayfiyev, 63), Rahmatullayev (Ismatullayev, 63), Ahmedov (Ahmadov, 63), Masharipov (Ibrohimov, 63), Iskanderov (Sindarov, 63), Abdurahimov (G‘anixonov, 63), Bezerra (Hakimov, 63).

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:19, 08.01.2018.
O'qildi: 4221 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик