Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» tayyorgarlikni boshladi

«Andijon» tayyorgarlikni boshladi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, bugun «Andijon» jamoasi o‘z qarorgohida yig‘ildi va yangi mavsumga o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichiga asosan mahalliy futbolchilar taklif etilganini aytish lozim. Ularni o‘quv-mashg‘ulot va sinov-nazorat o‘yinlari orqali ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Bugun tushlikdan so‘ng o‘tkazilgan mashg‘ulotda futbolchilar «Sog‘lom avlod» stadionida asosan yugurish bilan cheklandi.
Mashg‘ulotni mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov olib bordi. Darvoqe, o‘tgan mavsum «UzDongJu» jamoasini boshqargan Mullaoxunov endilikda viloyatning bosh jamoasi «Andijon»da ish olib boradigan bo‘ldi.
Ertaga futbolchilar dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va tushlikdan so‘ng rejaga ko‘ra «Andijon» futbol maktabining maydonida mashg‘ulot olib boriladi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:24, 11.01.2018.
O'qildi: 2136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик