Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Avaz Berdiqulov: Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan yaxshi natija kutyapman

Avaz Berdiqulov: Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan yaxshi natija kutyapman

Baho:
+ | -

Osiyo Futbol Konfederasiyasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis Avaz Berdiqulovni ko‘pchilik futbol muxlislari yaxshi tanishadi.

Avaz Berdiqulovning mutaxassisligi aslida jurnalist. U 1999 yil Angliyaning Bornmut shahri Universitetida Jurnalistika bo‘yicha magistraturani tamomlagan. O‘qishni tamomlaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon Axborot agentligida faoliyat yuritgan.

2004-2008 yillar oralig‘ida Xitoyning Pekin shahrida Shanxay Hamkorlik tashkilotida O‘zbekistonning vakili sifatida ishlagan. 2008 yil Xitoydagi shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng yozda Osiyo Futbol Konfederasiyasiga ishga taklif qilishgan. Avaz Berdiqulov shu yili OFKning Musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish Departamentida ish boshlgan.

O‘tgan 9 yildan oshiqroq vaqt davomida u OFKning Musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish Departamenti Terma jamoalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarildi. Ayni paytda ana shu lavozimda faoliyat yuritmoqda.

Avaz Berdiqulov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining ayni paytda Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Terma jamoamiz kuchli, Qatar bilan o‘yinda ham vakillarimiz to‘la ustunlikka ega bo‘lishgandi. Shuning uchun bu terma jamoa a’zolaridan yaxshi natija kutyapman.

Terma jamoamiz tarkibida bir qator tajribali futbolchilar, jumladan, Osiyo chempionlari bor. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar uchun bu birinchi xalqaro musobaqa emas.

Ayni paytda Olimpiya terma jamoamizni boshqarayotgan murabbiyimiz Ravshan Haydarov ham katta musobaqalarda ishlagan, Osiyo chempionati ishtirok etish tajribasi bor.

Bu futbol, oxirgi o‘yinda har qanaqa natija ro‘y berishi mumkin, shuning uchun hozir taxmin qilish befoyda.

Umid qilamizki, shu tarkib 2020 yil Tokida bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga hamda 2022 yil Qatarda bo‘ladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi”, - deydi Avaz Berdiqulov.

 

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:47, 13.01.2018.
O'qildi: 4531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.