Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Baxtiyor Namozov: "Hakamlik bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman"

Baxtiyor Namozov: "Hakamlik bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman"

Baho:
+ | -

Yanvar oyi boshida  futzal hakamlari uchun Malayziyada o‘tkazilgan seminarda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamyurtimiz Baxtiyor Namozovga maxsus sovrinni topshirgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Baxtiyor Namozov yurtimizga qaytgach, yuksak e’tirof haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ochig‘i, bunday e’tirofga sazovor bo‘laman deb o‘ylamagandim. OFK tomonidan taqdim qilingan maxsus sovrindan boshim osmonga yetdi.  Bu sovrin yanada katta kuch bilan o‘z ustimda ishlashga turtki bo‘ladi. Shu paytga qadar Plyaj futboli bo‘yicha ko‘plab katta musobaqalarda, Osiyo va Jahon chempionatlarida ishladim.

Plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati finalida ishlagan dastlabki osiyolik hakam bo‘lganimdan juda xursandman. Albatta, bunga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Tinimsiz mehnat va muntazam ravishda mashg‘ulotlar samarasi mana shunday yoqimli bo‘ldi. Plyaj futbolida ham xuddi katta futbolda bo‘lgani singari hakamlik borasida raqobat kuchli. Bu yo‘nalishda ayniqsa Italiya, Fransiya, Polsha mamlakatlari hakamlari juda kuchli hisoblanadi. O‘zbekistonlik hakamlar ham ana shunday raqobatda o‘z o‘rnilariga ega bo‘lish uchun juda ko‘p mehnat qilmoqdamiz.

O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbariyati ham mamlakatimizda malakali hakamlar tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat qaratmoqda. Hakamlar uchun turli seminarlar, o‘quv-yig‘inlar tashkil etib beryapti. Bu chora-tadbirlar albatta o‘z samarasini beradi, deb o‘ylayman.

Kelgusida ham yana katta musobaqalarda hakamlik bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman”, - deydi Baxtiyor Namozov.

Baxtiyor Namozov hakamlik faoliyatini 2008 yilda boshlagan bo‘lib, dastlab Birinch liga uchrashuvlarini boshqargan. 2010 yildan boshlab Oliy liga uchrashuvlarida ishlagan. 2009 yildan boshlab Plyaj futboli bo‘yicha FIFA hakami.  

2011,2013 va 2015 yillarda Plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionatlarida faoliyat yuritgan. 2015 yilda Eron – Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalini boshqargan.

Shuningdek, 2013, 2015, 2017 yillarda Plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionatlarida ish olib borgan. 2017 yilda Braziliya – Taiti o‘rtasida JCH finalini boshqargan.  

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:26, 18.01.2018.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик