Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

AFC U23. O‘zbekiston Yaponiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

AFC U23. O‘zbekiston Yaponiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final bosqichiga chiqdi. Jamoamiz chorak finalda Yaponiya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki 45 daqiqa ichida raqib darvozasiga javobsiz 3ta to‘p yo‘llashdi. Bahs boshidanoq o‘zbekistonliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, hujumkor o‘yin namoyish qila boshlashdi. Vakillarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin 31-daqiqada Javohir Siddiqov 16 metrlardan kuchli zarba berib, hisobni ochdi. Yaponlar hali o‘ziga kelib ulgurmasidan terma jamoamiz raqib darvozasiga yana 2 marta yo‘l topishdi. Hamdamov va Yaxshiboyevning gollari evaziga O‘zbekiston 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi bo‘limning debyuti o‘zbekistonlik uchun yana omadli keldi. Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida Yaxshiboyev to‘pni raqib jarima maydonchasi ichida egallab oldi, bir himoyachini aldadi va chap oyoqda olis burchakni ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan terma jamoamiz beshinchi golni urishiga bir baxya qoldi. Komilov chap qanotdan yuqorilatib uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni Jasur Yaxshiboyev egalladi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p ustun va to‘sin kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi! Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston U23 terma jamoamiz xotirjamlik bilan himoyalandi va yirik hisobdagi g‘alabani saqlab qoldi.

Shu tariqa, olimpiyachilarimiz Osiyo chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda jamoamizga Janubiy Koreya - Malayziya juftligi g‘olibi to‘qnash keladi.

OFK U23. Chorak final.
YAPONIYA - O‘BEKISTON - 0:4 (0:3)
Gollar: Javohir Siddiqov (31), Dostonbek Hamdamov (35), Jasur Yaxshiboyev (39, 47)
Ogohlantirishlar: Kyosake Tagava (85) — Doston Tursunov (78)
Yaponiya - Riyosuki Kojima, So Fujitani, Teruki Hara, Kiyosuki Tagava, Keyta Endo, Yuto Ivasaki, Takagi Akito, Shion Inoue (Xiroki Ito 68), Yuta Kamiy (s), Taiyo Koga, Yugo Tatsuta.
O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Abbosjon Otaxonov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov (Abdujamol Isroilov 86), Jasurbek Yaxshiboyev, Zabixillo O‘rinboyev (Doniyorjon Narzullayev 81), Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov 74), Dostonbek Hamdamov, Dostonbek Tursunov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:54, 19.01.2018.
O'qildi: 15056 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.