Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Yosh hakamlarni tanlab olish mezonlari tasdiqlandi

Yosh hakamlarni tanlab olish mezonlari tasdiqlandi

Baho:
+ | -

Futbol musobaqalarida hakamlik qilish uchun malakali hakamlar va yordamchi hakamlar sonini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan hakamlarni saralab olish dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga muvofiq dastlabki bosqichda hakamlarni tanlab olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar futbol federasiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov yosh hakamlarni tanlab olish mezonlarini tasdiqladi. Unga ko‘ra endilikda yosh hakamlarni tanlab olishda qo‘yiladigan mezonlar quyidagilardan iborat:

1.Erkaklarning bo‘yi 175 sm, ayollarning bo‘yi esa 165 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Hakamlikka nomzodlarning yoshi 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lishi zarur.
3. Ingliz tilini bilishi
4. Kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federasiyalari tomonidan yosh hakamlar uchun 15 soatdan kam bo‘lmagan hajmdagi kirish kurslari tashkil etilishi lozim. Kirish kurslariga amaliy mashqlar, o‘yin Qoidalari bo‘yicha nazariy bilimlar, hakam va hakam yordamchilarining o‘rni va majburiyatlari, shuningdek, o‘yin qoidalari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlar kiritiladi.

Kirish kurslari yakunlanishiga qo‘shimcha tarzda barcha yosh hakamlar va hakam yordamchilari kamida bir chorakda bir marta seminarlardan o‘tishi kerak. Seminarlarda o‘yinlardagi qaltis holatlar, muammolar, xatolarni tan olinishi, FIFA va OFKning o‘yin Qoidalari bo‘yicha direktiva va interpretasiyalari kabi mavzular muhokama qilib boriladi. Shuningdek, seminarlar o‘yin Qoidalari bo‘yicha yozma test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlarni o‘z ichiga oladi.

Joylarda malakali hakamlarni tayyorlash uchun viloyatlar 4ta hududga bo‘lingan holda, har bir hududga ikki nafardan O‘FF vakili biriktirilgan.

1-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari. O‘FF mas’ullari - Oleg Dachev va Baxtiyor Tog‘ayev.

2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari. O‘FF mas’ullari - Arslon Hotamov va Artyom Arutyunov.

3-hudud: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. O‘FF mas’ullari - Vladislav Seytlin va Baxtiyor Namozov.

4-hudud:Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyati va Toshkent shahri. O‘FF mas’ullari - Aleksandr Popov va Dmitriy Roman.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:43, 19.01.2018.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик