Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

“Nasaf” o‘z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo‘shib oldi

“Nasaf” o‘z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

“Nasaf” o‘z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo‘shib oldi. Endi jamoamiz tarkibida uch yevropalik va bitta osiyolik legioner futbolchilar to‘p tepishadi. Slavko Lukich ayni paytda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan jamoamiz mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Legioner futbolchi bilan kelishuv, kuni kecha rasmiylashtirildi.

Slavko Lukich, 30 yanvar kuni “Markaziy”da bo‘ladigan, “Al Faysaliy”ga qarshi uchrashuvda “Nasaf” tarkibida maydonga tushishi mumkin. Futbolchini OCHL pley-off uchrashuviga ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Quyida futbolchi haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.

Ismi sharifi: Slavko Lukich

Tug‘ilgan sanasi: 14.03.1989 (28 yosh)

Belgrad shahrining “Crvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi

Bo‘yi: 182 sm

Og‘irligi: 80 kg

Ampluasi: o‘ng qanot himoyachisi

Fuqaroligi: Serbiya

Klubi: “Spartak” (Trnava, Serbiya)

O‘ynagan klublari:

2007 – 2008 yillar “Morava Velika Plana” FK
2009 - 2012 yillar “Smederevo” FK
2012 - 2013 yillar “Novi Pazar” FK
2013 - 2014 yillar “Smederevo” FK
2014 - 2015 yillar “Suteshka Nikshich” FK
2015 - 2016 yillar “Teuta Durres” FK
2016 - 2017 yillar “Flamurtari Vloryo” FK
2017 yildan “Spartak” FK (Trvana, Serbiya)

Slavko Lukich o‘z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan.

Slavko Lukich “Nasaf” klubiga kelguncha Serbiyaning eng yuqori ligasi - Fortuna Ligasi ishtirokchisi “Spartak” klubida to‘p tepayotgan edi. “Spartak” bu liganing yetakchi klubi hisoblanadi va ayni paytda ham turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Ligada 12ta jamoa ishtirok etadi.

"Nasaf" jamoasi safiga yana yangi futbolchilar qo‘shilishi mumkin. Transfer ishlari davom etmoqda.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:03, 20.01.2018.
O'qildi: 6980 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.