Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Baqoyev – o‘zbek murabbiylarining yangi timsoli

Baqoyev – o‘zbek murabbiylarining yangi timsoli

Baho:
+ | -

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi Yevdokim Raimov «Buxoro» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev haqida maqola tayyorlab, unda sobiq futbolchining yangi sohadagi faoliyatiga atroflicha to‘xtaldi.

2011 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston termasi Fors ko‘rfaziga «gastrol» uyushtirgandi. U yerda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgan jamoa dastlab Saudiya Arabistoniga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Manamada kechgan uchrashuvda terma jamoa bosh murabbiyi Yaroslav Krushelniskiyni maydonga tushirgan, o‘shanda o‘zbeklar Bahraynni 4:2 hisobida mag‘lub etishgandi.

Osiyo kubogi boshlanishi arafasida esa Krushelniskiy jarohat olib, safdan chiqdi. Uning o‘rniga esa shoshilinch tarzda Ulug‘bek Baqoyevni chaqirilib, uni qit’a birinchiligida qatnashadiganlar ro‘yxatiga kiritishdi.

Natijada, u forvardlar uchun noodatiy bo‘lgan 2-raqamli futbolkada o‘ynadi. Krushelniskiy shundan so‘ng termada ko‘rinish bermadi. Abramov jamoasi esa ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar hurmatini qozondi.

2011 yilning 21 yanvarini o‘zbek futbolidagi eng yaxshi kunlardan biri sifatida eslash mumkin. Iordaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining o‘zbeklar uchun oson o‘tishi taxmin qilingandi. Lekin iordaniyalik futbolchilar «oq bo‘rilar»ga yetarlicha tashvish uyg‘ota olishdi.

O‘yin deyarli teng kurashlar ostida kechayotgan pallada katta sahnaga chiqqan Baqoyev ikkinchi bo‘limda 4 daqiqa ichida ikkita to‘p kiritgandi. 1994 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabani inobatga olmasa, Osiyo kubogi-2011dagi ishtirokni alohida e’tirof etsa arziydi.

Baqoyev hech qachon O‘zbekiston terma jamoasi hujumida yetakchilik qilmagan, Geynrix singari muxlislar e’tiborini qozonmagan, «Bunyodkor»da Rivaldo, Vilyanueva va Anvar Soliyevlardan oldinga o‘tib keta olmagan. Keyinchalik u O‘zbekistonning boshqa klublarida, BAAda o‘ynadi.

Lekin hech qayerda o‘zini Qozog‘istondagi kabi erkin his qilmagan. Qo‘shni chempionatda Ulug‘bek uch marta mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Boz ustiga, Baqoyev har qanday jamoada o‘zini suvdagi baliqdek sezardi. Mahoratli forvard uchta turli klubda to‘rt marta chempionat to‘purari bo‘lgandi.

O‘tgan yilning oktyabrida Viktor Xoxlyuk (yaqin xorijdagi taniqli sport tarixchisi va statisti) o‘zining navbatdagi loyihasini ishga tushirdi: «Nilton Mendes klubi». Bu xorijlik futbolchilarning Qozog‘iston ligasidagi to‘purarlar klubidir. U yerda Baqoyev borasida quyidagilarni yozishgan:

«Baqoyev hozir ham legionerlar orasida eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U Qozog‘iston chempionatida 237ta uchrashuv o‘tkazib, 111ta gol urgan.

Bunday natijani butun faoliyati davomida Qozog‘iston chempionatida faoliyat olib borgan ayrim mahalliy hujumchilar ham qayd eta olishmagan. Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘iston chempionatidagi dastlabki golini 2004 yilning 2 may kuni «Vostok» darvozasiga urgan».

Qozog‘iston chempionatida 100ta gol urish uchun Baqoyevga 190ta o‘yin kerak bo‘lgan. Uning o‘rtacha natijasi bir o‘yinga 0,53ta golni tashkil qiladi.

U Qozog‘iston chempionatida oltinchi bo‘lib 100ta to‘p kiritgan. Undan oldin bu ishni Andrey Miroshnichenko, Oleg Litvinenko, Nurken Mazbayev, Nurbol Jumaskaliyev va Murat Tleshevlar amalga oshirishgandi.

2016 yili Baqoyev futboldan tash­qarida bo‘ldi. «Buxoro» esa kutilmaganda mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Tachmurot Agamurodov boshchiligidagi jamoa o‘yin saviyasi borasida Toshkent va Qarshi klublaridan kam bo‘lmadi, autsayderdan favoritga aylandi.

Mavsum yakunlanganidan so‘ng Buxoro viloyatida rahbarlar almashdi. O‘ktam Barnoyev viloyat hokimi etib tayinlandi. Aytgancha, Barnoyev Sports.ru va «Uzbekskya kuxnya» talqiniga ko‘ra, o‘zbek futbolidagi nufuzli 30 nafar shaxslar reytingidan joy oldi.

2007 yili Ulug‘bek Baqoyev Kustanayning «Tobol» jamoasi bilan Intertoto kubogini qo‘lga kiritganida, Tachmurod Agamurodov Samarqandning «Dinamo» jamoasini bosh­qargan. Uning qo‘l ostida klub chempionatda 5-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Turnir yakunlanganidan so‘ng O‘ktam Barnoyev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Biroz vaqtdan so‘ng Agamurodov «Dinamo»ni tark etdi va tarkib tarqatib yuborildi.

Xuddi shunday holat bir yil oldin ham kuzatildi. Aytishlaricha, O‘ktam Barnoyev va Agamurodov Samar­qandda ham kelisha olishmagan. Yakunda Tachmurod Shamakovich «Buxoro»dan ketdi. Endi jamoaga yangi murabbiy va kuchli futbolchilar kerak edi. Tarkibdagilarning yarmi ketib qolgandi.

Klubning yangi rahbariyati Vadim Abramov bilan muzokara olib bordi. U esa bir shart bilan «Buxoro»ni boshqarishga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:13, 22.01.2018.
O'qildi: 6638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.