Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

G‘ofur Rahimov «AIBA»ga prezident bo‘ldi

G‘ofur Rahimov «AIBA»ga prezident bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 27 yanvar kuni Xalqaro boks federasiyasi(«AIBA»)ning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda xabar.uz xabar tarqatdi.

«AIBA»ning amaldagi prezidenti Franko Franchelli o‘rniga o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov muvaqqat prezident etib saylandi. Bungacha u vise-prezident sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

— Meni saylagani uchun barcha a’zolarga minnatdorlik bildiraman, — dedi G‘.Rahimov. — Do‘stim Franko, sen «AIBA»ni saqlab qolding. Men ushbu jamoada 20 yildan ortiq vaqt vise-prezident bo‘lib ishlaganimdan faxrlanaman.

Ma’lumot uchun, G‘ofur Rahimov 1951 yil 22 iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yildan beri «AIBA»ning ijrochi vise-prezidenti sifatida ishlab kelayotgan edi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 16:47, 27.01.2018.
O'qildi: 10241 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик