Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Malibu»lar tayyor: endi taqdirlash qoldi xolos (videoreportaj)

«Malibu»lar tayyor: endi taqdirlash qoldi xolos (videoreportaj)

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan yana bir necha daqiqalardan so‘ng «O‘zbekiston» mehmonxonasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident sovg‘asi — bittadan «Chevrolet Malibu» avtomobillarining kalitlari topshiriladi.

Ayni paytda tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston» mehmonxonasining yonida Osiyo chempionlarini munosib ravishda kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Izg‘irin sovuqqa qaramasdan yuzlab kishilar ushbu jarayonga shaylanmoqda. Bu yerga allaqachon chempionlarni qutlash uchun terma jamoa fan-klubi a’zolari ham yetib kelishgan. «Chevrolet Malibu» avtomobillari allaqachon bu yerga keltirib qo‘yildi.

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga yetib kelishadi. «Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, SH.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi.

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi. Jarayon «O‘zbekiston24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining finalida O‘zbekiston olimpiyachilari vyetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan edi. Futbolchilarimizni ushbu g‘alabi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovqutlagan va Osiyo chempionati g‘oliblariga tabrik yo‘llashgan edi.

Shuningdek, Osiyo Futbol Konefederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabriklagan edi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 23:58, 28.01.2018.
O'qildi: 7396 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик