Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bahodir Ahmedov: «Osiyo chempionatida asosan yosh futzalchilarni sinovdan o‘tkazamiz»

Bahodir Ahmedov: «Osiyo chempionatida asosan yosh futzalchilarni sinovdan o‘tkazamiz»

Baho:
+ | -

Bugun, 1 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo‘yicha 15-bor o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatiga start beriladi.

Xabaringiz bor, qit’a chempionatida Bahodir Ahmedov ustozligidagi futzal terma jamoamiz “V” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya va Tojikiston termalariga qarshi to‘p surishadi.

Mazkur musobaqada barcha terma jamoalarning asosiy maqsadi bir – chempionlik  yoki kamida sovrinlardan birining egasi bo‘lish ekanligi sir emas. Lekin turnir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanlarida ayrim terma jamoalar ustozlari turlicha fikrlar bildirganki, bu bilan sirlarini yashirishga uringanliklari sezilib qolgan. Aytaylik, guruhimizdagi Yaponiya termasi bosh murabbiyi Bruno Garsiya “Musobaqa oldidan bir hafta yig‘in o‘tkazdik, unda Argentina termasi bilan ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik va shuning o‘zi tayyorgarligimiz ijobiy ekanligiga yetarli bo‘ldi”, deya javob bergan. Bu bilan tayyorgarlik jarayonini, davomiylik davrini oshkor etmagan.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Li Sang Jin esa guruhda autsayder sifatida harakat qilishi bilan boshqalarni chalg‘itmoqda. Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Husayn Shodiyev ham nufuzli musobaqaga bor-yo‘g‘i o‘n kun qolganda tayyorlanishni boshlaganini, asosan 20 yoshli yoshlar termasi bilan tashrif buyurganini ta’kidlab, asosiy sirlarini bayon etmagan.

Mamlakatimiz futzal termasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ham qit’a musobaqasiga  yoshlar tarkibi bilan tashrif buyurayotganini, asosiy maqsad ham yoshlarni sinovdan o‘tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish ekanligini aytgan.

Xo‘sh, terma jamoamiz haqiqatdan ham Osiyo chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi? O‘tkazilgan 14 ta chempionatning teng yarmida sovrinli o‘rinlardan (4 marta kumush va 3 marta bronza medali) joy olgan futzalchilarimiz bu gal ham an’analariga sodiq qola olishadimi?

Bu haqda terma jamoamizning bosh murabbiy Bahodir Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Aslida qit’a chempionatiga 2016 yili Kolumbiyada o‘tgan Jahon chempionati ishtirokchilarini, tajribali professional futzalchilarni olib ketsak ham bo‘lardi. Ammo biz kelajakni ko‘zladik. 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanma olishni maqsad qildik. Buning uchun tarkibni bugundan tayyorlashimiz, shakllantirishimiz lozim. Yana ikki yildan keyin 2016 yilda to‘p surgan futzalchilarimizning aksariyatining yoshlari ulg‘ayadi, jismoniy holati chegaralanadi.

Bugundan tajriba orttirib borgan yoshlarimiz esa ikki yildan keyin ayni kuchga to‘lgan, futzalimiz an’analarini  davom ettirishga qodir  holga kelishadi. Qolaversa, bugungi yoshlarimizni ham tajribasiz deya olmayman, o‘tgan yili Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yopiq sport inshootlarida o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida erishgan muvaffaqiyatlari ularning imkoniyatlari qanday ekanligini ko‘rsatdi. Shogirdlarimning yosh bo‘lishlariga qaramay, dadil harakatlaridan, shijoatlaridan, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlaridan xursand bo‘ldim. To‘g‘ri, o‘shanda ham ancha-muncha kamchiliklar bor edi, ammo buni xalqaro o‘yinlar tajribasi kamligi bilan izohlab, shular ustida ishladik.

Aslida futzal bo‘yicha terma jamoamizning qit’ada o‘z obro‘si, o‘z o‘rni bor. Kuchli to‘rtlik qatorida tilga olinadigan termamiz faqatgina 2012 yilgi qit’a chempionatida ko‘ngildagidek ishtirok eta olmagandi. O‘shandan keyin qit’a miqyosidagi reytingimizni yuqori o‘rinlarda saqlay oldik. Bu gal ham aynan shu reytingimizni saqlashni niyat qilganmiz. Shu maqsadda uzoq muddatli tayyorgarlik jarayonlarini o‘tkazdik. Asosiy e’tiborni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga qaratdik, yig‘inlarni xorijlarda ham tashkil etdik.

Eng muhimi, yigitlarning o‘zida chempionlik kayfiyati bor. Ayniqsa, kuni kecha Olimpiya termamizning Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, katta voqelikka sabab bo‘lganliklari, yurtda yuqori saviyada kutib olinganligi, Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlanganligi, hammadan ham xalqimizning olqishiga sazovor bo‘lganliklari futzalchilarimiz ruhiyatini yanada ko‘tarib yubordi. Ular ham shu kabi muvaffaqitlar qozonishni ahd qilishdi.

Buning ustiga Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umidjon Ahmadjonov futzalchilarimizga qarata “Sizlar ham chempion bo‘linglar, sizlarni ham xuddi shunday kutib olamiz, Olimpiyachilarimiz kabi rag‘batlantiramiz”, — deya taskin berishlari yigitlarimizning  kuchiga-kuch, g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shdi.

Biz ham xalqimizning xursandchilik onlarini davom ettirishni, mutasaddilarimiz ishonchlarini oqlashni, ota-ona, Vatan oldidagi burchlarimizni ado etishni birinchi galdagi vazifamiz deb bilamiz", — deydi Bahodir Ahmedov. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:06, 01.02.2018.
O'qildi: 3067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.