Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Filip Rayevas: «Raqobatdan qo‘rqqanimda «Bunyodkor»ga o‘tmasdim»

Filip Rayevas: «Raqobatdan qo‘rqqanimda «Bunyodkor»ga o‘tmasdim»

Baho:
+ | -

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi o‘z tarkibiga so‘nggi mavsumni «Qo‘qon-1912»da o‘tkazgan hujumchi Filip Rayevasni qo‘shib oldi.

Tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan futbolchi «Bunyodkor» bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.

Serbiyalik forvard o‘tgan yili 7ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Rayevas intervyu berish chog‘ida «Bunyodkor»ga biror sov­rinni yutish uchun o‘tganligini yashirmadi.

- Filip, transfer qay tarzda amalga oshdi? «Bunyodkor»ga sizni kim taklif qildi?

- Shaxsan «Bunyodkor» bosh murabbiyining taklifi bilan poytaxt jamoasi safiga kelib qo‘shildim. Mirjalol Qosimovning murabbiylik salohiyati haqida eshitgandim. U bilan suhbatlashgach, bunga o‘zim ham amin bo‘ldim. «Bunyodkor»da o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

- Nima uchun aynan «Bunyodkor»ni tanladingiz? Boshqa klublardan ham takliflar bormidi?

- Menga nafaqat O‘zbekiston, balki xorij klublaridan ham takliflar tushdi. Lekin «Bunyodkor» varianti paydo bo‘lganidan so‘ng boshqa chorlovlar haqida o‘ylamadim.

Boisi, «Bunyodkor» o‘zining kichik bo‘lsada, shonli tarix yo‘liga ega klub. Qolaversa, poytaxt jamoasi. Bu yerda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Klub stadioni va akademiyasi bilan yaqindan tanishib chiqdim.

- Sir bo‘lmasa, qaysi xorij klublaridan taklif olgandingiz?

- Qozog‘istondan ikkita, Tailanddan esa bitta jamoa men bilan shartnoma imzolashga urindi. Shuningdek, «Bunyodkor»dan tashqari O‘zbekistondan yana ikkita jamoadan chaqiruv bo‘ldi. Ular orasidan «Bunyodkor»ni tanladim. Sababini yuqorida keltirdim.

- Shartnoma qancha muddatga imzolandi?

- Bir yillik bitim tuzdim. Lekin hammasi yaxshi davom etsa, kelishuvni yana uzaytirishimiz mumkin.

- Yangi klubingizda qaysi raqamni tanladingiz?

- 99! Chiroyli raqam-a?

- Albatta. Lekin nima uchun aynan 99? Bu raqam bilan bog‘liq nimadir bormi?

- Aytarli hech narsa. Shunchaki, menga chiroyli raqamlar yoqadi.

- «Qo‘qon-1912» jamoasida qolib, faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkinmidi?

- Qo‘qonda ham o‘zimni yaxshi his qilayotgandim. Nolishga aslo hojat yo‘q edi. Shunchaki, «Bunyodkor» nomdor jamoa bo‘lgani uchun shu klubga o‘tishga qaror qildim. Mening o‘rnimda boshqa futbolchi bo‘lganida ham shu yo‘lni tanlardi.

Ayniqsa, legionerlar. Biz vatandan uzoqda futbolchilik faoliyatini olib boryapmiz. Demak, o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘yadigan, sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa safida o‘ynashimiz lozim. Menda shunday imkoniyat yuzaga kelgandi va undan foydalandim.

- «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov sizni osonlikcha qo‘yib yubormagandir?

Yaqinda No‘’mon aka bilan aynan siz haqingizda suhbatlashganimda, «Filip jamoada qolsa, bundan xursand bo‘lardim», degandi. Shu ma’noda uning o‘zi bilan gaplashdingizmi?

- Ha, telefon orqali gaplashdik. Lekin yuzma-yuz suhbatlashishning hozircha imkoni bo‘lmadi. Chunki men bu paytda xorijda hordiq chiqarayotgandim. Bir tomondan «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan shartnomam ham yakuniga yetgandi.

- Sizga «Bunyodkor»da oson bo‘lmaydi. Boisi, raqobat juda kuchli. Sinovlarga tayyormisiz?

- Ishoning, hammasi joyida bo‘ladi. Raqobatdan qo‘rqqanimda «Bunyodkor»ga o‘tmasdim. Eng muhimi, sog‘lom raqobatning borligi. Bunday holatda futbolchi o‘sishga erishadi.

- «Qo‘qon-1912» tarkibida o‘tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz? Ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Umuman olganda, jamoamiz uchun yomon mavsum bo‘lmadi. Ayniqsa, birinchi davra uchrashuvlarini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdik. Namoyish etgan o‘yinlarimizdan muxlislar ham xursand bo‘lishdi.

Stadionga kelayotgan tomoshabinlarning soni ham fikrimga isbot bo‘la oladi. Menga aytishlaricha, yil so‘ngida O‘FF o‘tkazgan taqdirlash marosimida aynan qo‘qonlik muxlislar eng yaxshi deb topilibdi. Qolaversa, Qo‘qon xalqi juda mehmondo‘st va ochiqko‘ngil. Buni shahar ko‘chalarida yursangiz, har qadamda sezasiz.

Afsuski, ma’lum bir sabablarga ko‘ra ikkinchi davrada o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Buning natijasida qimmatli ochkolarni boy berib qo‘ydik. Agar vaziyat bunday tus olmaganida, sovrinli o‘rinlar uchun bemalol kurashishimiz mumkin bo‘lardi.

Shaxsan o‘zimga kelsak, jarohatlar o‘z so‘zini aytdi va mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkaza olmadim. To‘g‘ri, raqib darvozasini yetti bor aniq nishonga oldim. Lekin yanada sermahsul o‘yin ko‘rsatishim mumkin edi. Bunga potensialim yetardi.

- Mirjalol Qosimov bilan gaplashdingizmi? Zimmangizga qanday vazifalar yuklatildi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:45, 01.02.2018.
O'qildi: 5391 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.