Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Fergyusson haqida nimalarni bilasiz? (2-qism)

Fergyusson haqida nimalarni bilasiz? (2-qism)

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ser Aleks Fergyuson jahon futboli tarixidagi eng kuchli murabbiylar uchligiga kirishiga hech kim shubha qilmasa kerak. Biz ser Aleksning hayoti, futbolchilik va murabbiylik faoliyati haqidagi ikkinchi 10 ta haqiqatni e’tiboringizga xavola etamiz.


11. “MYU”dagi 27 yillik faoliyat
1986-yilning 5 noyabrdida “MYU” rahbari Martin Edvards Aleksga qo‘ng‘iroq qilib “qizil iblislar”ni boshqarishni taklif etadi. Qahramonimiz esa o‘ylab o‘tirmasdan taklifni qabul qilib, ertasi kuniyoq Manchesterliklar murabbiyi sifatida tanishtirildi. Fergi “mankunianliklar”ni boshqargan 27 yili davomida 13 marta Angliya chempionligini, 5 bora Angliya kubogini, 4 marta Angliya liga kubogini, 10 bora Angliya superkubogini, 2 bora Chempionlar ligasini va bir martadan Kubok egalari kubogi, UYEFA superkubogi, Qit’alararo kubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. U “MYU”ni jami 1500 marta maydonga boshlab tushib, 1253 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Duranglari soni 490, mag‘lubiyatlari esa 412 tani tashkil etadi.

12. “MYU”ga kelmasligi ham mumkin edi
Fergyusonning Manchesterga ko‘chib o‘tishi oxirgi daqiqalarda barbod bo‘lishi ham mumkin edi. Buni ko‘pchilik bilmasa kerak. O‘shanda Aleksning rafiqasi Keti Aberdinni tark etishni istamaydi. Lekin Fergi rafiqasini ularni buyuk kelajak kutayotganligiga ishontira olgan.

13. “MYU”dan ketmoqchi bo‘lgan
Fergyuson ikki marta “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi bo‘lgan. 1993-1994 yillar mavsumida Fergi “Arsenal” ustozinining maoshi unikidan ikki barobar ko‘p ekanligini bilib qolgach, ketishni xohlagan. Oradan ikki yil o‘tgach esa yana o‘sha mavzu ko‘tarilgan. Yaxshiyamki “Qizil iblislar” rahbariyati janob Aleksning “tilini topa olgan”.

14. BBCga 7 yil baykot
2004 yili Britaniya televideniyasida “Ota va bola” ko‘rsatuvi namoyish etilgach, ser Aleks VVS kanaliga intervyu berishdan bosh tortadi. Gap shundaki filmda kanal “MYU” bosh murabbiyining o‘g‘li har bir transfer mavsumi paytida otasining mavqeidan foydalanganini bayon etgan. Tabiiyki bu Fergyusonning izzat nafsiga tekkan. Faqatgina oradan 7 yil o‘tgach Fergyuson VVC kanali rahbarlari bilan uchrashib “boykot”ni bekor qilgan.

15. Shaxsiy sovrinlar
Fergyuson 27 marta APLda oyning, 11 marta mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek 4 marta World Soccer nashri versiyasiga ko‘ra, 3 marta Onze d’Or  jurnali versiyasi ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Ser Aleks murabbiylik faoliyati davomida 73 ta shaxsiy sovrinlarga ega chiqqan.

16. Hakamlar bilan janjallashishni yaxshi ko‘radi
Ser Aleks hakamlarni tanqid qilishni yaxshi ko‘radi. U premyer ligadagi faoliyati davomida hakamlarni ayblash bilan bog‘liq 6 ta janjalda qatnashdi va umumiy hisobda 15 ta o‘yinga chetlatilib, 75 ming funt sterling jarima to‘lagan.

Davomi>>>

1-qism

Kiritildi: 09:12, 02.02.2018.
O'qildi: 3011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.