Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bolalarimizning shijoatini sindiruvchi har qanday kuch qulagani rost bo‘lsin!

Bolalarimizning shijoatini sindiruvchi har qanday kuch qulagani rost bo‘lsin!

Baho:
+1 | -

Besh yilcha oldin shunday bir voqea bo‘lgan edi...

Uyni tartibga keltirayotib, bir xat topib oldim:

«Assalomu alaykum, Ayajon, Dadajon! Men uydan ketmoqchiman... Sizlarni yaxshi ko‘raman, lekin shunday qilishga majburman. Kelajakda yaxshi futbolchi bo‘lib, maqsadimga yetgach, qaytaman...»

Bu xatni 12 yoshli o‘g‘lim yozgan edi. O‘qib, yig‘ladim... Xotiralar uch-to‘rt yil ortga olib ketdi: u paytda ko‘pqavatli uyda yashar edik. Uyimiz oldida kichikroq futbol maydonchasi bo‘lardi. Birinchi qavatda yashaganimiz bois, maydonchadagi butun shovqin, chang-to‘zon uyimizga yopirilib kirib turardi. Maydonda to‘p tepayotgan yigirma ikki shunqordan uchtasi menga tegishli edi. Ulardan ko‘chaga chiqib, bitta to‘pning ortidan yugurib yurguncha uy ishlarini yoki darslarini qilishini talab qilar edim. Goh yig‘i-sig‘i ham bo‘lib turardi. Ammo ularning xafagarchiliklari uzoqqa bormas edi: derazamning tagida turnaqator tizilib olgan mahalla bolalari bir ovozdan: «Jooon kenayi! O‘g‘illaringiz chiqishsin! Yo‘qsa, yutqazib qo‘yamiz!» deya yalinishar, javdirab turgan qorako‘zlarga rahmim kelganidan ularga ruxsat berishga majbur qolar edim.

Men futbol ishqibozi emasman. Ammo qiy-chuv ko‘tarib yelib-yugurayotgan bolakaylarning zavq-shavqlariga befarq ham qarolmasdim. Shundan oshxona derazasidan ularning nima «karomat» ko‘rsatishlarini kuzatishga tushardim.

Ikkinchi o‘g‘lim – chapaqay. Chap qo‘lda yozib, chap oyoqda to‘p suradi. Uning pildirab kelib chap oyoq bilan bergan zarbasiga uncha-muncha raqib darvozaboni to‘sqinlik qilolmas edi: gol! Xat yozib, «bizni tashlab ketishga» qaror qilgan to‘ng‘ich o‘g‘lim ham juda mahorat bilan to‘p surar, ukasidan kam o‘ynamas edi.

Uchinchi esa jamoadagi bolalar ichida ancha kichik bo‘lganidan, asosan «ishkal»larni uyushtirishga xizmat qilar edi. Jamoa g‘olib bo‘lsa, bayram biznikida bo‘lardi.

* * *

Ikki o‘g‘limning qattiq iltimosiga ko‘ra ularni bir futbol maktabiga berdik. Keyin «to‘la-to‘la»lar boshlandi. Sport maktabining direktori bolalarni yig‘ib olib: «Qaysi murabbiy oylik to‘lov talab qilsa, menga aytinglar! Chunki bu davlat tomonidan ta’minlab qo‘yilgan maktab!» der edi. Xuddi shu kuni murabbiy bolalarni yig‘ib olib: «Oylik vznoslarni to‘lamaganlar bilan xayrlashamiz! Ammo bu to‘lovlar haqida hech kimga churq etmaysizlar! Chunki sizlarni musobaqalarga yonimdan olib bormayman-ku!» derdi. Biz kimning gapiga ishonishni bilmay halakmiz. To‘lovlar esa oyma-oy o‘sishdan to‘xtamaydi...

Xullas bolalarni u maktabdan olishga to‘g‘ri keldi. Bilishimcha, xat shundan keyin yozilgan. Ammo mening qo‘limga biron yil o‘tganidan keyin tushib qolgan. O‘g‘limga: «Hali meni futbolga alishmoqchi edingmi?» dedim kulib... Yerga qaradi, javob bermadi. Bildimki, bo‘g‘ziga achchiq nedir tiqildi. Demak, futbolga muhabbati so‘nmagan, ushalmagan orzusi hamon yuragida yashayotgan ekan.

...Nega bu xotiralarni yozayotganimni anglab turibsiz: kelajagimiz bo‘lgan bolalarimizning shijoatini, g‘ayratini, maqsadini sindiruvchi har qanday kuch, har qanday hokimiyat qulagani rost bo‘lsin!

Gulbahor Abdulloh

Manba: Xabar.uz
Kiritildi: 08:27, 03.02.2018.
O'qildi: 4532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.