Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Hokim kubogi-2018: «Neftchi» g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Hokim kubogi-2018: «Neftchi» g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -1

Farg‘onada “Hokim Kubogi-2018″ning “A” guruhi o‘yinlari yakunlandi. So‘nggi turda “Istiqlol” jamoasini qabul qilgan Sergey Kovshov shogirdlari 1:1 hisobida durang qayd etishdi va 11 ochko bilan guruh peshqadami sifatida turnirdagi ishtiroklarini nihoyalashdi.

Farg‘ona derbisi chin ma’noda keskin va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Stadionga yig‘ilgan har ikkala jamoa muxlislari ham maydondagi o‘yinchilarni qizg‘in tarzda qo‘llab-quvvatlashdi.

Birinchi bo‘limda “Neftchi” hisobni ochdi. Abdul Aziz Yusupov yana bir bor o‘zining to‘purarlik qobilyatini namoyish etgan holda Nodir Ashurmatov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. 1:0

O‘yin surati ikkinchi bo‘limda yanada oshdi. Hujumlar sonining ortishi bahs haroratini oshirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari “Neftchi”ning g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetib borayotgan edi. Biroq zahiradan maydonga tushgan Rizo Ayvazov bahsda tubdan burilish yasadi. “Neftchi” darvozasiga belgilangan jarima to‘pini chiroyli tarzda amalga oshirgan Rizo hisobni tenglashtirdi.

E’tiborga molik jihati, farg‘onaliklarning sobiq futbolchisi “Istiqlol”ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qilgan bo‘lsada, mazkur to‘pni nishonlamadi. Shu o‘rinda gol uchun “Neftchi” muxlislaridan uzr so‘radi.

“Neftchi” – “Istiqlol” 1:1 (1:0)
Gollar: Abdul Aziz Yusupov – 1:0, Rizo Ayvazov – 1:1
“Neftchi”: 1.Vitaliy Mirniy, 3.SHukur Po‘latov,88.Abbos Maxstaliyev, 87.Amirjon Safarov 77.Muhammad Isayev, 35.Davron Mamatov 24. Jasur Azimov 23.Abdul Aziz Yusupov, 21.Elyor Mamasoliyev, 20. Alisher Samatov 10. Anvar Berdiyev
Zaxira: 35.Farrux Turdaliyev, 94.Jamshid Qobulov, 44.Abror Ismoilov, 34.Davron Isakov, 33.Ilhom Yunusov, 19.Otabek Ahmadjonov 17.Sunatillo Ermatov
“Istiqlol”: 31.Nodir Ashurmatov, 2.Aziz Madaliyev, 5.Abduhamid Qurbonov, 7.Abdulaziz Jo‘raboyev, 10.Elyor Akbarov, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Bobur Abdujalilov, 18. Temur Sultonov, 23.Sanjar Asqaraliyev, 77. Qahramon Muhammadjonov, 77.Xoshimjon Shokirov
Zaxira: 1.Akmal Ortiqov, 9.Jahongir Dadaboyev, 11. Anvar Xojimirzayev, 19.Alisher Fayzullayev, 21.Xudoberdi Xolikov, 20. Rizo Ayvazov, 25. Bobur Jo‘raboyev

Xabaringiz bor, bu yil “Hokim Kubogi” turnirida chempion bir emas balki ikki nafarni tashkil qiladi. “Neftchi” jamoasi musobaqaning eng kuchli klublaridan tashkil topgan “A” guruhida chempionlikni qo‘lgan kiritgan bo‘lsa, 8 fevral kuni “B” hamda “S” guruhlarining peshqadamlari o‘rtasida ikkinchi final bahsi o‘tkaziladi. Shu kuni finalda g‘olib bo‘lgan jamoa “FarDu” stadionida “Neftchi” jamoasi bilan birgalikda taqdirlanadi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:15, 05.02.2018.
O'qildi: 4196 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.