Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditasiya jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditasiya jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2018 yilgi O‘zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.

Superliga, Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o‘zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o‘z ro‘yxati (“zayavka”lari)ni 9 fevral kunidan 20 fevralgacha O‘zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo‘natishlari talab etiladi.

Akkreditasiya “zayavkasi” namunasi va talablari bilan O‘zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limidagi «Akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi» faylini ko‘chirib olish orqali tanishishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 2013 yildan O‘zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jurnalistlarga akkreditasiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston qonunchiligiga asosan ro‘yxatdan o‘tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo‘lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.

Ta’kidlash lozim, ushbu mavsumdan boshlab, barcha turdagi akkreditasiya kartalari faqat O‘zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:01, 09.02.2018.
O'qildi: 2509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик