"Paxtakor" yoshlar jamoasi 2018 yilgi mavsumga hozirlik jarayonini davom ettiryapti.
Mashg‘ulotlarga qo‘shimcha tarzda nazorat bellashuvlarida maydonga tushayotgan Stanislav Kudryashov shogirdlari shu kunlarda ikki uchrashuv o‘tkazishdi.
AGMK yoshlari 3:2 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, "Lokomotiv" BFK bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekildi. 10 fevral kuni navbatdagi o‘yin "Lokomotiv" yoshlar jamoasiga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.