Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston terma jamoasi yana bir JCH-2018 ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi yana bir JCH-2018 ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda amaliy yordam berishni so‘ragan edi. Janni Infantino bu borada O‘zbekistondan yordamini ayamasligini ta’kidlab o‘tib, buni amalda isbotlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JCH-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan Kasablanka shahrida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mart oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, 23 mart kuni Kasablanka shahrida Afrikaning nomdor terma jamoasi, JCH-2018 ishtirokchisi Senegal terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuv amalga oshishida FIFA prezidenti Janni Infantinoning yordami katta bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.

Senegal terma jamoasi JCH-2018da “N” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Polsha, Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston MTJ Senegal va Marokashdan tashqari, shu yilning may oyida Eron milliy terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini eslatib o‘tish darkor.

Milliy terma jamoa uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:34, 10.02.2018.
O'qildi: 10879 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.