Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

OCHL. “Lokomotiv” – “Al Vahda”. Prevyu

OCHL. “Lokomotiv” – “Al Vahda”. Prevyu

Baho:
+ | -

12 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumiga start beriladi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi sifatida musobaqaning guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan “Lokomotiv” ilk turda BAAning “Al Vahda” jamoasini qabul qiladi. Xo‘sh, bu jamoa “temiryo‘lchilar” uchun uchun qanchalik darajada xavfli?

“AL VAHDA” (BAA)

“Al Vahda” o‘tgan mavsumda BAA Pro-ligasida 5-o‘rinni egalladi. Jamoa 26 o‘yinning 10tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 7 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Shuningdek, 9 bahsda durang qayd etdi. 54 bora gol urishgan jamoa, 40 marta o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. Umumiy 39 ochko to‘pladi. 3-pog‘onani qo‘lga kiritgan “Al Ahli” OCHLda qatnashmaganligi sababli, “Al Vahda” turnirning guruh bosqichiga yo‘l oldi.

“Al Vahda” boshqaruvini 2017 yilning iyulida ruminiyalik mutaxassis Laurentiu Rejekamp o‘z qo‘liga oldi. Murabbiylik faoliyati davomida “Snagov”, “Krayova Universiteti”, “Styaua” (barchasi Ruminiya), “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) kabi jamoalarda ham ishlagan. “Al Hilol”ni 2014 yilgi mavsumda OCHLning finaligacha olib borgan. BAA va Ruminiya superkuboklarida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, “Styaua” bilan mamlakat chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan.

1974 yilda tashkil topgan jamoa BAAning 4 karra chempioni, bir martadan mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Uchrashuvlarni Abu Dabidagi 12000 tomoshabinga mo‘ljallangan “Al Naxiyan” stadionida qabul qiladi.

Ayni damda BAA pro-ligasining 15 turi ortda qolgan. “Al Vahda” 10 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan holda, peshqadam “Al Ayn”dan 2 ochko kamroq jamg‘arib, 2-o‘rinda ketmoqda.

Jamoa tarkibida Rim Chang-Vu (Janubiy Koreya), Balash Judjak (Vengriya), Denilson (Braziliya), Murod Batna (CHernogoriya) va Sebastyan Tanglibyue (Argentina) kabi horijliklar klub sharafini himoya qilishadi. Argentinalik hujumchi klubning ayni damdagi to‘puraridir. Uning hisobida 12 gol bor.

“Al Vahda” 20 yanvar kuni BAA superkubogida Sardor Rashidov harakat qilgan “Al Jazira”ni mag‘lub etdi, 2:0.

O‘zbekiston jamoalaridan faqatgina “Bunyodkor”gina “Al Vahda” bilan kuch sinashgan. 4 o‘yinda vakillarimiz 3 bora g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 1 marta durang qayd etilgan. Arablar hali biznikilarni mag‘lub etishmagan. To‘plar nisbati 10-5ga teng. “Al Vahda”ning o‘zbek jamoasi bilan so‘nggi o‘yini 2011 yilning 3 mayida bo‘lib o‘tgan. O‘sha bahsda “Bunyodkor” 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

09.03.2010 “Al Vahda” – “Bunyodkor” – 1:2
28.04.2010 “Bunyodkor” – “Al Vahda” – 4:1
02.03.2011 “Al Vahda” – “Bunyodkor” – 1:1
03.05.2011 “Bunyodkor” – “Al Vahda” - 3:2

Jamoalarning OCHLdagi umumiy natijalari:

Lokomotiv

 

Al Vahda

24

O‘yin

44

5

Yutuq

14

9

Durang

12

10

Mag‘lubiyat

18

28-36

To‘plar-nisbati

70-60

Uchrashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam – Tojo Minoru. Unga qanotlarda Ochi Shinji va Takagi Takumi yordam beradi. Turkmanistonlik Chorimurod Qurbonov esa to‘rtinchi hakam bo‘lib ishlaydi. Erondan Enayat Masud hakamlar nazoratchisi etib tayinlangan. Uchrashuv komissari sifatida gong konglik Chan Ka Chung qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Al Vahda” uchrashuvi 12 fevral kuni soat 16:00da start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:14, 11.02.2018.
O'qildi: 3660 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик