Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

YECHL. “Tottenxem” iroda evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

YECHL. “Tottenxem” iroda evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+1 | -

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Mazkur o‘yin jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 2-daqiqasida jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni yolg‘iz qolgan Gonsalo Iguain Lyoris darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Ben Devis jarima maydonchasida raqib futbolchisiga qo‘pollik ishlatdi va bu vaziyatda hakam “Tottenxem” darvozasi tomon penalti belgiladi. To‘p yoniga yaqin kelgan Iguain yana “Yuventus”ni oldinga olib chiqib, YECHL tarixida eng tezkor dubl muallifiga aylandi.

Kutilmaganda tezkor gollarni o‘tkazib yuborgan “Tottenxem” Turin stadionida tahlika tushmadi va ketma-ket hujumlar uyushtirish evaziga 35-daqiqada hisobni qisqartirdi. Buffon bilan yakkama-yakka qolib ketgan Garri Keyn mohirona tarzda fahriy darvozabonni aldab o‘tib, o‘zining joriy mavsum YECHLdagi 7-to‘pini kiritdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda poyoniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek hujumkor tarzda boshlandi. Jumladan Keynning bosh bilan bergan zarbasini Buffon deyarli bir metr masofadan qaytargan bo‘lsa, burchakdan uzatilgan to‘pni Iguain bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Ammo Lyoris ikkita goldan so‘ng biroz hushyor tortdi. O‘yin tobora yakunlanib borayotgan bir vaqtda Jorjo Kyellini Dele Alliga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va chamasi 20-25 metrlardan amalga oshirilgan to‘p Buffonning o‘tkir burchagidan joy oldi. Gol muallifi Kristian Eriksen. O‘yin yakunlanishiga qadar har ikki jamoada ham gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi, ammo londonliklar o‘yinda intrigani qaytargan holda safarda irodali durangni qayd etishdi.

YECHL. 1/8 final.

Yuventus Italiya – Tottenxem Angliya 2:2.

Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 2:0 – 9, penalti Iguain, 2:1 – 35 Keyn, 2:2 – 71 Eriksen.

Yuventus – Buffon, Benatiya, Kyellini, De Shilyo, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 66), Duglas Kosta, Pyanich, Bernardeski, Iguain, Mandjukich (Sturaro, 76).

Tottenxem –Lyoris, Devis, OrYE, Vertongen, Sanches, Eriksen (Vanyama, 90), Dembele, Dayer, Lamela (Lukas Moura, 89), Alli (Son Xin Min, 83), Keyn.

Ogohlantirishlar: Devis (8), Benatiya (45), Orye (47), Iguain (60), Bentankur (80).

Manba: www.vk.com
Kiritildi: 02:30, 14.02.2018.
O'qildi: 6829 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.